ⓘ Toshloq tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1935-yilda tashkil etilgan. 1959-yilda Oxunboboyev tumaniga birlashtirilgan. 1973-yil 12-aprelda qayta tiklangan. G ..

                                     

ⓘ Toshloq tumani

Toshloq tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1935-yilda tashkil etilgan. 1959-yilda Oxunboboyev tumaniga birlashtirilgan. 1973-yil 12-aprelda qayta tiklangan. Garbdan Margilon shahri, shimoli-garbdan Oxunboboyev, Yozyovon, sharqsan Quva tumanlari, jananubi-sharqdan Quvasoy shahri va shimoli-sharqdan Andijon viloyati Boz tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0.24 ming km². Aholisi 134.9 ming kishi. Tumanda 1 shaharcha, 11 qishloq fuqarolari yigini (Arabmozor, Axshak, Birlik, Varzak, Qirov, Nayman, Naymanboston, Sadda, Toxtaboyev, Qumarik, Qorgoncha bor. Tuman markazi – Toshloq shaharchasi.

                                     

1. Tabiati

Tuman hududining yer yuzasi, asosan, tekislikdan iborat bolib, jan.dan shimolga tomon pasayib boradi va shim.da Fargona chollariga tutashib ketadi. Garbiy qismida kumliklar bor. Iqlimi kontinental. Yanvarning ortacha temperaturasi 0°–2°, eng past temperaturasi –27°, iyul oyining ortacha temperaturasi 28°, eng yuqori temperatura 44°. Vegetatsiya davri 210–215 kun.

Yillik yogin 200 mm. Yoginning kop qismi qish va bahorda yogadi. Kopincha, garbiy shamollar "Bekobod shamoli" esib turadi. Bazan, toglardan sharqiy va janubi-sharqiy yonalishda quruq va iliq shamol esadi. Asosiy daryosi – Isfayram. Janubidan shimoliga oqib otadigan Yozyovonsoy ham sugorishda muhim ahamiyatga ega. Tuman hududining shimoliy qismidan sharqsan garbga tomon Kamma Fargona kapali oqib otadi.

Tuproqlari, asosan, boz tuproq. Shimolrokda allyuvial otloq va shor tuproqlar ham bor. Yovvoyi osimliklardan; ajriq, ituzum, shora, qoytikanak, bangidevona, otquloq, zubturum, momoqaymoq, yulgun, yalpiz, yantoq, kurmak, pechak, semizot, oqmiya, gulxayri, saksovul, tuya paypoq, namatak, dolana va boshqa usadi. Yovvoyi hayvonlardan sudraluvchilar, kemiruvchilar qushlardan chumchuq, musicha, bedana, jiblajibon, qarqunoq, korshapalak, sofitorgay, qirgiy, qaldirgoch, kokqarga, bulbul, sava, qizilishton, ordak, laylak, zargaldoq, sassiqpopishak va boshqa bor. Soy va kanallarda ondatra uchraydi.

                                     

2. Aholisi

Aholisi, asosan, ozbeklar, shuningdek, tojik, qirgiz, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining ortacha zichligi 1 km² ga 465.2 kishi. Shahar aholisi 14.2 ming kishi, qishloq aholisi 120.7 ming kishi.

                                     

3. Iqtisodiyoti

Xojaligi – Tumanda paxta tozalash zavodi, tikuvchilik fabrikasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxonalar bor.

Qishloq xojaligining asosiy tarmogi – paxtachilik. Pillachilik, chorvachilik, gallakorlik, poliz va sabzavotchilik ham rivojlangan. Tumanda 11 shirkat xojaligi mavjud. Toshloq tumani ekin yerlariga paxta, don, sabzavot, poliz, beda, lavlagi ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xojaliklarida qoramol, qoy va echki, parranda boqiladi.

Tumanda 50 ga yaqin umumiy talim maktabi, kutubxonalar, madaniyat uylari, klub muassasalari, muzeylar ishlab turibdi. Markaziy kasalxona va uning bolimlari, poliklinika, tugruqxona, tibbiy punktlar faoliyat korsatadi. Tuman markazi va Fargona shahri hamda tumandagi yirik qishloqlar orasida avtobuslar qatnovi yolga qoyilgan.

                                     
  • Toshloq qirg izcha: Таштак - Qirg iziston Respublikasining O sh viloyati Qorasuv tumaniga qarashli qishloq. Sharq ovul okrugi tarkibiga kiradi. Aholisi
  • Toshloq qirg izcha: Таштак - Qirg iziston Respublikasining O sh viloyati Novqat tumaniga qarashli qishloq. To xtamat Zulpuyev ovul okrugi tarkibiga
  • Toshloq qirg izcha: Таштак - Qirg iziston Respublikasining Jalolobod viloyati Axsi tumaniga qarasli qishloq. Yangi - Yo l ovul okrugi tarkibiga kiradi
  • Toshloq - Farg ona viloyati Toshloq tumanitsagi shaharcha 1974 yildan tuman markazi. 1974 yil 10 dekabrda Toshloq qishlog i o rnida tashkil etilgan
  • Toshloq qirg izcha: Таштак - Qirg iziston Respublikasining Jalolobod viloyati Suzoq tumani qarasli qishloq. Barpi ovul okrugi tarkibiga kiradi. Aholisi
  • Qo shtepa tumani 1943 yilgacha Marg ilon tumani - Farg ona viloyatidagi tuman. 1926 yilda tashkil etilgan. Keyinchalik tuman hududidan Toshloq Yozyovon
  • Toshloq qirg izcha: Таштак - Qirg iziston Respublikasining Jalolobod viloyati Suzoq tumani qarasli qishloq. Qizil - Tuu ovul okrugi tarkibiga kiradi. Aholisi
  • Toshloq ruscha: Ташлак - O zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Quyi chirchiq tumaniga qarashli shaharcha. 2009 - yilda shaharcha maqomi berilgan
  • Kichik Toshloq ruscha: Кичик - Ташлак - O zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Uychi tumaniga qarashli shaharcha. 2009 - yilda shaharcha maqomi berilgan