ⓘ Trikotaj sanoati - toqimachilik sanoati tarmogi. Trikotaj sanoati korxonalarida trikotaj polotnolar, jumladan, texnik polotnolar, paypok, buyumlari, ichki va us ..

                                     

ⓘ Trikotaj sanoati

Trikotaj sanoati - toqimachilik sanoati tarmogi. Trikotaj sanoati korxonalarida trikotaj polotnolar, jumladan, texnik polotnolar, paypok, buyumlari, ichki va ustki trikotaj kiyimlar, qolqoplar, bosh kiyimlar, sharflar hamda sanoat va tibbiyotda qollaniladigan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Trikotaj buyumlari ishlab chiqarish.da paxta, jun va kimyoviy tolalardan tayyorlangan iplardan keng kolamda foydalaniladi. Trikotaj sanoati 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida Buyuk Britaniya va Fransiyada, 19-asr oxirlarida Rossiyada vujudga keldi.

Trikotajdan tayyorlangan kiyimlar salmogi muntazam ortib bormoqda. Bu trikotaj buyumlarining xizmat vazifasining yuqoriligi va iqtisodiy tejamligi bilan bogliq. Kimyoviy tolalar, ayniqsa, sintetik iplar ishlab chiqarish.ning muntazam osib borishi, trikotaj ishlab chiqarish. texnikasinig tez rivojlanishi Trikotaj sanoatining taraqkiyotiga katta yordam berdi.

Trikotaj ishlab chiqarish. texnikasi va texnologiyasi taraqqiyotining asosiy yonalishlari polotno va paypoq ishlab chiqarish. uchun avtomatlashtirilgan uzluksiz liniyalar yaratishdan, uskunalarni yanada unumliroklari bilan almashtirish orqali ishlab chiqarish. jarayonlarini jadallashtirishdan, organik eritgichlar qollab polotnolarga uzluksiz ishlov berish; turli xildagi buyumlar ishlab chiqarish. boyicha korxonalarni ixtisoslashtirib borishdan iboratdir.

Trikotaj sanoati Ozbekistonda 30 - 40-yillarda shakllandi. 1939 yilda Orta Osiyoda eng yirik hisoblangan Qoqon paypoqfabrikasi 1943 yildan kombinat ishga tushirildi. 1945 yilda Toshkent tikuvchilik fabrikasi negizida trikotaj fabrikasi tashkil etildi. Unda 1960 yilda 4572 ming dona ichki va 1597 ming dona ustki trikotaj kiyimlari ishlab chiqariddi. Bundan tashqari, respublikada Toshkent ustki trikotaj kiyimlar fabrikasi 1960, Samarkand 1950, Buxoro 1961, Andijon 1968 trikotaj fabrikalari qurilib, mahsulotlar ishlab chiqara boshladi. Tarmoqdagi eng yirik korxona - Toshkentda 1941 yilda ishga tushirilgan "Malika" trikotaj ishlab chiqarish. birlashmasida erkaklar, ayollar va bolalarning 200 xildan ortiq ustki va ichki trikotaj kiyimlari ishlab chikarildi.

80 - 90-yillar boshida trikotaj korxonalari yangi uskunalar bilan jihozlandi, yangi korxonalar qurildi. "Malika", Buxoro, Samarkand, Qoqon paypoqtoquv kombinati tubdan rekonstruksiya qilindi, Oltinkol trikotaj matolar fabrikasi, Qorasuv va Jizzax paypoq fabrikalari ishga tushirildi. Xojaobod 1985, Shahrixon 1986, Chortoq 1986, Shahrisabz 1993da trikotajtikuvchilik fabrikalari quriddi. Respublika Trikotaj sanoatida 1500 dan ortiq nomda mahsulot ishlab chikariladi. 2004.

Asosiy yirik trikotaj korxonalari Andijon, Fargona Qoqon "Ulugbek", "Uchkoprik" tikuvchiliktrikotaj birlashmasi aksiyadorlik jamiyatlari, Samarqand "Bofanda" aksiyadorlik jamiyati, Jizzax "Zilolateks" aksiyadorlik jamiyati, Qashqadaryo Shahrisabz "Sado" aksiyadorlik jamiyati, "Kashteks" qoshma korxonasi, Xorazm "Gurlan" viloyatlari va Toshkent shahrida "Malika" aksiyadorlik jamiyati joylashgan. Ozbekiston Respublikasi Trikotaj sanoatida 2003 yilda 28649 2000 yilda 38887, 2002 yilda 32858 ming dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarildi.