ⓘ Trimmer - 1 aviatsiyada - uchish apparati ruli ning quyruq qismidagi kichkina ogdiruvchi qism. Apparatni boshqarish tizimidagi zoriqish ni kamaytirish uchun xiz ..

                                     

ⓘ Trimmer

Trimmer - 1) aviatsiyada - uchish apparati ruli ning quyruq qismidagi kichkina ogdiruvchi qism. Apparatni boshqarish tizimidagi zoriqish ni kamaytirish uchun xizmat qiladi; 2) irgituvchi konveyer; kochma yuk ortishtushirish mashinasi. Yuk ortish yoki tushirish paytida T. rotori parraklari, disk yoki harakatlantiruvchi lenta yuk ga kinetik energiya uzatadi, natijada yuk ancha masofaga irgitiladi. T. shaxtalarda, Transport yoli kotarmalari qurishda, kemalar, omborlar, vagonlarga yuk ortishtushirishda ishlatiladi; 3) radiotexnikada - kichik ozgaruvchan sigimli elektr kondensator. Radioelektron qurilmalar, rezonansli tebranma konturlarning sozlovchi elementa sifatida ishlatiladi. Tuzilishi jihatidan T. ozgaruvchan sigimli, bitta stator, bitta rotor plastinali yassi kondensatorlardan iborat. Bazan, ikki koaksial keramik silindr yoki metall plastina, metallashtirilgan keramik naycha va ozakdan iborat tizim ham bolishi mumkin. T.ning sigimi va uning ozgarish diapazoni, odatda, bir necha pf yoki bir necha on pf ni tashkil qiladi.