ⓘ Trixogramma - pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar urugi; ekinlar va ormonzorlarga zarar keltiruvchi xavfli zararkunanda hasharotlar tuxumlari kushandas ..

                                     

ⓘ Trixogramma

Trixogramma - pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar urugi; ekinlar va ormonzorlarga zarar keltiruvchi xavfli zararkunanda hasharotlar tuxumlari kushandasi. Butun dunyo faunasida T.lar avlodiga kiruvchi 143 tur mavjud. Ozbekistonda esa T.larning 15 turi topilgan, 6 tasining bioekologiyasi chukur organilgan. Qishloq xojaligida ekinlar zararkunandasi bolgan tunlam kapalaklarning tuxumlarini yoqotishda asosiy biologik vosita sifatida ishlatiladi. Tanasining uz. 0.3 - 0.9 mm. T.ning qisqa qanotli va qanotsiz turlari mavjud. Moylovi 5 - 9 bogimli, qanotlari keng hoshiyali, oldingi qanotlari qisqa shokilali. Orqa juft kdnotlari ingichka. Urgochisining moylovi qisqa, bir halqali, xivchini ikki bogimli. Erkaklari kopincha qanotsiz yoki qanoti soddalashgan. T. polifag bolib, 200 ga yaqin turdagi hasharot tuxumini zararlaydi. Asosiy va bosh xojayinga ega. Faqat lichinkasi tekinxorlik qiladi. Yetuk hasharotlar gul shirasi va shudring bilan oziklanadi. Urgochi T. xojayin organizmning yangi qoyilgan tuxumi ichiga oz tuxumini qoyadi. Tuxumdan chiqqan T. lichinkasi xojayin tuxumi ichidagi moddalar bilan oziqlanib rivojlanadi. Oziqlanib bolgan T. lichinkasi shu yerda gumbakka aylanadi. Gumbakdan shakllangan yetuk individ tuxum postini teshib tashqariga chiqadi; endigina uchib chiqqan jinsiy yetuk urgochi hasharot darhol erkak T. bilan juftlashib, tuxum qoya boshlaydi.

T.ning rivojlanish davri havo harorati 25 - 30° va namligi 30 - 70% bolganida 7 - 35 kun davom etadi. Yetuk hasharotlar 3 - 18 kun yashaydi. Shu davr mobaynida bir urgochi hasharot 25 - 92 dona tuxum qoyishi mumkin. Tabiatda T. turlari Ozbekistonning barcha madaniy dehqonchilik zonalarida va, shuningdek, toglardagi yovvoyi osimliklarda, chol, chala chollarda ham uchraydi. Tabiiy sharoitda 14 - 15 avlod beradi. T.dan hasharotlarga qarshi kurashda foydalaniladi. Maxsus biolaboratoriyalarda koproq pintoi Voegele turi tunlam tuxumlarini yoqotish uchun kopaytiriladi qarang Biofabrika. Dalalardagi kemiruvchi tunlamlarga qarshi uch marta har gektariga 200 ming donadan yetuk T. tarqatish tavsiya etiladi. Mas., goza tunlamining har bir avlodiga karshi gektariga 60Q80Q60 ming dona yetuk T. hisobida tuxum qoyish boshlanishida va 4 - 5 kun oralatib yana 2 marta tarkatish yaxshi samara beradi. T.ni zararkunanda hasharotning tuxum qoyishi boshlangan davrda ertalab yoki kechki salqin paytda tarqatish maqsadga muvofiq; bir tekisda tarqalishi uchun bir gektar maydonning 100 ta nuqtasiga, yani har 10 m da qoyiladi.

Tursunoy Otamirzayeva.