ⓘ Tromb - organizm tirikligida tomir yoki yurak boshligida ivib qolgan qon. Qon ketishi natijasida tomirdan tashkaridagi qon laxtasi va limfa tomirlarida limfanin ..

                                     

ⓘ Tromb

Tromb - organizm tirikligida tomir yoki yurak boshligida ivib qolgan qon. Qon ketishi natijasida tomirdan tashkaridagi qon laxtasi va limfa tomirlarida limfaning ivib qolishi ham T. deyiladi. T. hosil bolishi trombotsitlar agglyutinatsiyasi, fibrinogen koagulyatsiyasi, eritrotsitlar agglyutinatsiyasi va qon plazmasi oqsillari pretsipitatsiyasi kabi bosqichlardan iborat. Oq, qizil, aralash va gialin T. ajratiladi. Oq T. trombotsitlar, fibrin va leykotsitlardan tarkib topib, qon tez oqishida sekin hosil boladi. Qizil T., asosan, eritrotsitlar dan iborat, sekin qon oqishida tez yuzaga keladi. Kizil va oq T.ning qatqat aralashmasidan tuzilgan, yuzasi gofrirli aralash T. kop uchraydi. Gialin T. tomir kapillyarlarida vujudga kelib, gomogenlashgan oqsil massasidan tarkib topgan. Tomir devori T.i va tiqilgan T. boladi. Tomir devori T. i endokardit, yurak poroklari va boshqalarda, aksari yurakda, aterosklerozda yirik arteriyalarda, tromboflebitda vena tomirlarida vujudga keladi. Bu xil T. kattalashsa tomir boshligini berkitib qoyadi. Dimlanish T.i va tomir boshligiga qarab tez osadigan T. ham bor. T. sorilishi yoxud biriktiruvchi toqimaga qoshilib ketishi, yiringlab, sepsista olib kelishi mumkin.