ⓘ Trop - nutqning ifodaviyligi va tasirchanligini oshirish maqsadida soz va iboralarning kochma manoda qollanishidan iborat poetika va stilistika tushunchasi; shu ..

                                     

ⓘ Trop

Trop - nutqning ifodaviyligi va tasirchanligini oshirish maqsadida soz va iboralarning kochma manoda qollanishidan iborat poetika va stilistika tushunchasi; shunday manoda qollangan soz va iboralarning umumiy nomi. Bunda odatiy tarzda malum bir predmet nomini atovchi soz, soz birikmasi muayyan nutq vaziyatida boshqa predmet ni bildirish uchun qollanadi; hosila soz, yani kochma manodagi soz ozining kelib chiqishiga asos bolgan soz bilan oxshashlik yoki aloqadorlik jihatdan bogliq boladi. Ular orasida malum darajada miqdoriy yoki sifatiy tafovutlar bolishi mumkin. Mac, "burgut" sozi qushning nomi bolish bilan birga, shu qushning odatiy sifatlari, xususiyatlari ega bolgan kishining tavsifi sifatida ham qollanadi. "Stadion goliblarni olqishladi", "tirnoqqa zor bolmoq" iboralaridagi "stadion" va "tirnoq" sozlari ham asl manosidan boshqacha manoda qollangan. T.ning kop tarqalgan turlari: istiora, metonimiya, sinekdoxa, majoz, kinoya, sifatlash, kichraytirish, mubolaga, jonlantirish, perifraza va boshqa "T." termini dastlab yunon faylasufi Aristotel tomonidan ayrim T.larni, xususan, metaforani organish jarayonida sillogizm shaklini ifodalash maqsadida qollangan. Strukturaviy tilshunoslik, matn lingvistikasi kabi tilshunoslik tarmoqlarining yuzaga kelishi T.ga bolgan munosabatni tubdan ozgartirdi. Natijada T. semantik transpozitsiya ning hosilasi tarzida organiladigan boldi. Ozbek tilshunosligida T.ning mazkur korinishlari alohidaalohida tadqiqotlarning manbai bolib, badiiy matnlar asosida atroflicha organilgan.