ⓘ Troya urushi - yunon eposlari Iliada va Odisseyada bayon qilinishicha, Miken shohi - Agamemnon boshchiligida axeyyalik shohlar ittifoqining Troyaga qarshi olib ..

                                     

ⓘ Troya urushi

Troya urushi - yunon eposlari "Iliada" va "Odisseya"da bayon qilinishicha, Miken shohi - Agamemnon boshchiligida axeyyalik shohlar ittifoqining Troyaga qarshi olib borgan 10 yillik urushi. Axeylarnnng Troyani zabt etishi bilan tugagan. Troyada olib borilgan arxeologik qazish ishlarining korsatishicha, mil. av. taxminan 1260 yilda shahar uzoq muddatli qamalni boshidan kechirgan va vayron qilingan. Shunday qilib, yunon afsonalaridagi malumotlar tasdiklangan. Epos malumotlariga kora, troyalik shahzoda Paris tomonidan Sparta shoxi Menelayning qizi - gozal Yelenani ogirlab ketilishi Troya urushiga sabab bolgan. Menelay va uning birodari Agamemnon yunon davlatlari shoxdarini yordamga chakirib katta flot bilan Troya sohillariga yol olgan. Troya shohi Priamga frigiyalik, likiyalik, frakiyalik ittifokchilar yordam bergan. Yunonlar Troyani 10 yil qamal qilganlar va hiyla bilan uni egallaganlar. Asosan, buyuk jangchilarning yakkamayakka olishuvidan iborat bolgan harbiy harakatlarda yunonaxeylardan Axill, ikki Ayaks, Patrokl, Agamemnon, Odissey va boshqa, troyaliklardan - Gektor, Glavk, Sarpedont va Eney shuhrat krzonishgan. Troyaliklarning maglubiyati dariylar tomonidan Yunonistondan siqib chiqarilgan axeylarning bir qismini Kichik Osiyoga kochib otishini yengillashtirgan.