ⓘ Truba prokatlash agregati - metall quymalar yoki dumaloq zagotovka lardan choksiz metall trubalar olish uchun moljallangan mashinalar tizimi. Bir-biriga boglang ..

                                     

ⓘ Truba prokatlash agregati

Truba prokatlash agregati - metall quymalar yoki dumaloq zagotovka lardan choksiz metall trubalar olish uchun moljallangan mashinalar tizimi. Bir-biriga boglangan bir nechta mustaqil mashinalarni uz ichiga oladi. Ularda chala mahsulot ni ombordan tashib kelish, trubalar tayyorlash, ularning sifatini tekshirish va tayyor trubalarni istemolchilarga junatish ishlari bajariladi. Truba prokatlash agregatia.da bajariladigan asosiy operatsiyalar: metall quyma yoki zagotovkani pechda qizdirish, maxsus standa bosim bilan buylama teshiklar ochish, gilza ni uzaytirish va devorini yupqalashtirish uchun uzaytirish stanidan utkazish, kalibrlash, trubani togrilash, uchlarini tekislab qirqish va tayyor mahsulot sifatini tekshirish. Bu operatsiyalar bajariladigan barcha mashinalar i. ch.ni toliq avtomatlashtirishga imkon beradigan mexanizmlar bilan ozaro boglangan.

Truba prokatlash agregatia. ning olchami olinishi lozim bolgan trubalarning eng katta diametriga, tipi esa uzaytirish stanining tuzilishiga qarab belgilanadi. Ana shu alomatlariga kora, Truba prokatlash agregatia., asosan 4 tipga: uzluksiz, kalta opravkali, uch valli va pilgerli uzaytiruvchi stanli agregatlarga bolinadi. Uzluksiz agregatda diametri 110 mm gacha bolgan trubalar, kalta opravkali agregatda 60– 450 mm va bundan yogon trubalar, uch valli agregatda 30–220 mm li trubalar, pilgerli agregatda 400–700 mm li trubalar olinadi. Uzluksiz uzaytiruvchi stanli Truba prokatlash agregatia. keng tarkalgan.