ⓘ Tuamotu, Paumotu - Tinch okeandagi arxipelag, 78 marjon oroli va riflardan iborat. Fransiya Polineziyasi tarkibida. Maydoni 810 km². Eng yirik orollari: Rangiro ..

                                     

ⓘ Tuamotu

Tuamotu, Paumotu - Tinch okeandagi arxipelag, 78 marjon oroli va riflardan iborat. Fransiya Polineziyasi tarkibida. Maydoni 810 km². Eng yirik orollari: Rangiroa va Fakarava. Iqlimi tropik, passatli iklim. Yiliga 1500–2000 mm yogin yogadi. Yirik orollarda pandanus, banyan daraxtlari, maydaroq orollarda butalar usadi. Kokos palmasi, non daraxti, banan plantatsiyalari bor. Chorvachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi, marvarid yigiladi. Bosh shahri - Rotoava. Biosfera qoriqxonasi tashkil etilgan. Arxipelagga yevropaliklardan dastlab 1606 yilda portugaliyalik dengizchi sayyoh P. Kiros borgan.