ⓘ Tuareg tillari - somhom tillari oilasining barbarliviya guruhiga mansub tillar. Jazoir Sahroi Kabiri, Mali, BurkinaFaso, Niger, Nigeriya, shuningdek, Liviya va ..

                                     

ⓘ Tuareg tillari

Tuareg tillari - somhom tillari oilasining barbarliviya guruhiga mansub tillar. Jazoir Sahroi Kabiri, Mali, BurkinaFaso, Niger, Nigeriya, shuningdek, Liviya va Chadda yashovchi va umumiy soni 1.2 mln. bolgan tuareglar tili. Tuareg tillari, oz navbatida, 2 guruhga: shim. va jan. guruhlarga bolinib, ularning har biri yana onlab til va lahjalarni oz ichiga oladi. Tuareg tillari oziga xos fonetik, leksikgrammatik xususiyatlari bilan boshqa somhom tillaridan farqlanadi. Unli fonemalar tizimi yaxshi rivojlangan. Otlarda aniqlik kategoriyasi, fellarda yasovchi qoshimchalarning mavjudligi, yuklamalarning faol qollanishi, ergashtiruvchi boglovchilarning kopligi Tuareg tillarining grammatik oziga xosliklaridir. Leksikasida arab, xausa va songay tillaridan ozlashgan sozlar kop. Tuareg tillaridagi bazi matnlar arab yozuvining alohida kurinishida yozilgan. Xujalik va ibodat yozishmalarida liviya yozuvi variantlaridan biri - tifinag qollanadi.