ⓘ Tuman, harbiy qism. Tuman - 1 7 - 18-asrlarda Markaziy Osiyo, Xurosonda 10 ming kishidan iborat harbiy qism, diviziya. Turkiyda bitilgan yodgorliklardan ilk bor ..

                                     

ⓘ Tuman (harbiy qism)

Tuman - 1) 7 - 18-asrlarda Markaziy Osiyo, Xurosonda 10 ming kishidan iborat harbiy qism, diviziya. Turkiyda bitilgan yodgorliklardan ilk bor Kultegin bitiktoshi va Bilga xoqon bitiktoshida qayd etilgan. Koshin T.i, oz navbatida, minglik, yuzlik va onlik qismlaridan tashkil qilingan. T.larga noyon, tuman oqosi, tuman begilar qomondonlik qilgan. Amir Temur qoshinidagi T.larga sohibqironning ogillari, nabiralari hamda Shayx Nuriddin, Hoji Sayfuddin, Shohmalik, Allohdod, Jahonshoh singari nomdor beklar rahbarlik qilgan; 2) Eron va Orta Osiyo da 10 ming va undan ortiq askar yetkazib berish imkoniyatiga ega bolgan mamuriyhududiy birlik. Boburttt "Boburnoma"da takidlashicha, 16-asrda Samarkand viloyatiga Sugd, Shovdor kabi T.lar tegishli bolgan. Kobul viloyati 14 ta T.dan tashkil topgan. Andijon va Qashqarda T. ornida "orgin", Hindistonda "pargana" istiloxlari qollanilgan; 3) orta asrlardan Eronda muomalada bolgan pul birligi - 10000 dinor; 4) Ozbekiston Respublikasida - mamuriyhududiy birlik. Q. Tuman.