ⓘ Tuman, mamuriy birlik. Tuman - Ozbekiston Respublikasida mamuriy-hududiy birlik. Orta asrlardan malum. Sharqda, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida mamuriy- ..

                                     

ⓘ Tuman (mamuriy birlik)

Tuman - Ozbekiston Respublikasida mamuriy-hududiy birlik. Orta asrlardan malum. Sharqda, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida mamuriy-hududiy bolinish; uyezd manolarida ishlatilgan. Ozbekiston sobiq Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan davrda tumanlarni "rayon" deb atash rayem bolgan. Ozbek tili davlat tiliga aylanishi munosabati bilan tarixiy "tuman" sozi qayta tiklandi. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68 moddasiga muvofiq, tuman mamuriy-hududiy bolinish pogonalaridan biri. Tuman davlat yuqori organlarining korsatmalari, qarorlarini hayotga tatbiq etuvchi va bajaruvchi asosiy mamuriy-hududiy birlik bolib, viloyat tarkibiga kiradi. Shuningdek, yirik shaharlar tarkibida shahar tumanlari tashkil etilishi mumkin. Tumanlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari - tuman hokimlari va xalq deputatlari tuman kengashlari boshqaradi. Tumanlarni tashkil etish va tugatish Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. Tumanlarga tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadigan hamda tuman xalq deputatlari Kengashida tasdiqlanadigan tuman hokimi rahbarlik qiladi.