ⓘ Tunguska meteoriti, tungus meteoriti - Yer bilan toqnashgan eng katta meteorit. 1908 yil 30 iyunda Tunguska daryosi yaqiniga tushgan. Shu payt kozni kor qiladig ..

                                     

ⓘ Tunguska meteoriti

Tunguska meteoriti, tungus meteoriti - Yer bilan toqnashgan eng katta meteorit. 1908 yil 30 iyunda Tunguska daryosi yaqiniga tushgan. Shu payt kozni kor qiladigan darajada yorug bolid jan.sharqdan shim.garbga tomon bir necha sekund davomida harakatlangan. Bolid harakat yolida kuchli changli iz qoldirgan. Bu iz 800 km radiusli katta xududdan bir necha soat davomida korinib turgan. Yoruglikdan song 1000 km masofada portlash eshitilgan. Atrof joylarda yer qimirlashiga oxshash kuchli tebranish bolgan. Tunguska meteoriti tushgandan song bir necha kun Sibir va Yevropa tunlari nihoyatda yorug bolib turgan. 20 yildan keyin yuborilgan ekspeditsiya 30 km radiusda ormon poymol bolgan va qisman yonganligini qayd qilgan. Bu va bundan keyingi 10 ga yaqin ekspeditsiyalar Tunguska meteoritini poymol qilgan ormonda osmondan tushgan jism larga xos jinslarni topa olmadi. Meteorit jinslarini qidirish muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Tunguska meteoriti ga ikki xil karash mavjud: Tunguska meteoritini Yer yuzidan bir necha kilometr balandlikda portlab ketgan kometa hosil kilgan; Tunguska meteoriti portlashidan oldin Yerning ichki katlamlaridan atmosferaga kotarilgan neft changi, gaz va metan gidrolitidan iborat aralashma zaryadlarining elektrik potensiali aralashmani portlatib yuborgan. Tungus hodisasini organish hozirgacha davom etmoqda.