ⓘ Tunnel, tonnel - transport yurishi, suv utishi, kommunikatsiyalar joylashishi va boshqa maqsadlarga moljallangan, yotiq yoki qiya joylashgan yer osti yoki suv o ..

                                     

ⓘ Tunnel

Tunnel, tonnel - transport yurishi, suv utishi, kommunikatsiyalar joylashishi va boshqa maqsadlarga moljallangan, yotiq yoki qiya joylashgan yer osti yoki suv osti suniy inshooti. Uzunligi kondalang olchovlaridan birmuncha katta boladi. Vazifasi, yer yuzasiga nisbatan joylashishi, chuqurligi va qurish usullari boyicha turlarga bolinadi. Vazifasi boyicha - aloqa yollaridagi, gidrotexnik, kommunal, konchilik sanoati, maxsus maqsadlarda qurilgan ; yer yuzasiga nisbatan joylashishi boyicha - tog osti, suv osti va tekislikdagi; joylashish chuqurligi boyicha - sayoz va chuqur joylashgan; qurish usullari boyicha - ochiq, yopiq va maxsus usullarda quriladigan T.lar mavjud. T.larning kondalang kesimi doyra, tuxumsimon va togri tortburchak shaklda bolishi mumkin. T. qazish ishlari yer yoki tog katlamining gidrogeologik sharoitiga qarab turlicha usulda amalga oshiriladi.

T. boshligi, odatda, suniy mustahkamlashni, yani qoplama qurishni talab qiladi. Qoplamalar metall polat yoki choyan, tabiiy va suniy toshlar, beton va temirbetondan qilinishi mumkin. Metall qoplamalar yigma elementlar - tyubinglardan yigiladi, beton va temirbeton qoplamalar maxsus qoliplarga quyilib tiklanadi. Keyingi yillarda suniy boshliqni orab turgan tog massiviga ankerlar va sim torlar yerdamida mahkamlanadigan sachratmabeton qoliplar keng qollanmoqda.

T. xavosi, odatda, ortiqcha namlangan va yuqori traga ega boladi. Uning havosi tarkibini meyoriy holatga keltirish, zararli gazlar va yuqori traning odamga tasirini kamaytirish va T.dagi korinishga tasir qiladigan tutun bosimini yoqotish maqsadida T.ni shamollatish tizimi kullaniladi. Uz. 50–60 m gacha bulgan T.larda tabiiy shamollatish, katta uzunlikdagi T.larda esa markazdan qochirma va markaziy oq boylab tasir korsatuvchi ventilyatorlardan foydalanilgan suniy shamollatish qollanadi.

T. qurish ishlari, bosh, chukuvchan gruntlar sharoitida amalga oshirilganda, muzlatish va kimyoviy biriktirish, yer osti suvlari sathini pasaytirish usullarida gruntlar suniy mustahkamlanishi mumkin.

T. qurish tarixi uzok, utmishga borib takaladi. Mil. av. Bobil, Misr, Yunoniston va boshqa mamlakatlarda foydali qazilmalar olish, suv taminoti maqsadida qurilgan T.lar metin, lom yerdamida qazilgan. Keyinchalik kemalar qatnaydigan birinchi T. 160 m ga yaqin Fransiyada 1679 - 81, birinchi temir yul T.i 1190 m Buyuk Britaniyada 1826 - 30 qurilgan. Eng uzun Metropoliten tunnelining ichki korinishi.

T. "Seykon" Xonsyu va Xokkaydo o.lari oraligidagi Sutaru bugozi ostidan 1988 yilda utkazilgan uz. 53.85 km, suv ostidagi kismi 23.3 km. Portlatuvchi moddalar va otish qalqonlari yaratilishi munosabati bilan t.y. va gidrotexnik T.lar kurildi. 20-asr urtalariga kelib avtoyol T.lari va metropolitenlar, suv osti T.lari qurildi.

Hozirgi paytda t.y., avtoyol, gidrotexnik va metropoliten T.larini loyihalash va qurish ishlari katta kolamda olib borilmoqda. Mas., Eronning Isfahon shahrida 68 bekati bolgan 123 km li metropoliten loyihalanmoqda, Xitoyda umumiy uz. 2500 km bolgan 5300 ta t. y. tunnelidan foydalanilmoqda; ulardan 22 ta T.ning uz. 5 km dan ortiq. Kelajakda Pekin va Shanxay shaharlarida umumiy uz. 408 km bulgan metropoliten va 562 km bulgan tezyurar tramvay qurish kuzda tutilgan. Katta hajmdagi T. qurish ishlari Yaponiyada ham olib borilmoqda 2004.

Ozbekistonda mavjud togonlar va GES larda gidrotexnik T.lar qurilgan, Kamchiq va Rezak dovonlarida umumiy uz. 2.5 km bolgan zamonaviy T. qurildi qarang Kamchiq dovoni. Toshkent shahrida jami uz. 38 km bolgan metropoliten va transport T.laridan foydalanilmoqda. Toshkent metropolitenini loyihalash va qurishda, metro qurilishida birinchi marta yirik hajmli yigma temirbeton elementlardan yigiladigan yol yurish va bekat metro T.larining yangi, zilzilabardosh konstruksiyalari yaratildi va amalda joriy etildi.

Ld.:Xrapov V. G. i dr., Tonneli i metropoliteni, 1989; Rashidov T. R., Ishanxodjayev A. A., Seysmostoykost tonnelnix konstruksiy metropolitena melkogo zalojeniya, T., 1993.

Abdurahmon Eshonxojayev.