ⓘ Tupiguarani tillari - Jan. Amerikadagi indeys tillarining eng yirik oilalaridan biri. Braziliya, Paragvay va Boliviyada, qisman Argentina va Gvianada tarqalgan ..

                                     

ⓘ Tupiguarani tillari

Tupiguarani tillari - Jan. Amerikadagi indeys tillarining eng yirik oilalaridan biri. Braziliya, Paragvay va Boliviyada, qisman Argentina va Gvianada tarqalgan 50 dan ortiq tilni qamrab oladi. Sozlashuvchilarning umumiy soni 4 mln.ga yaqin kishini tashkil etadi. T.g.t. oilasi 7 asosiy guruhga bolinadi: tupiguarani, yuruna, arikem, tupari, ramarama, monde va purubora. Ushbu tillar fonologik tizimi unli tovushlarning ketma-ket kelishi kam uchrashi bilan ajralib turadi. T.g.t. morfologiyasi agglyutinativ xususiyatga ega, suffiksatsiyaga nisbatan prefiksatsiya rivojlangan. Otlarda soz ozgarishi chegaralangan, kelishik bilan ozgarish mavjud emas. Ot yasalishi fel yasalishiga qaraganda ustunlik qiladi. Sintaksisda fel kesim keng qollanadi. Soz tartibi subyekt - obyekt - predikat korinishda boladi. Leksikasida ispan tilidan ozlashgan sozlar kop.

Dastlabki yozma yodgorliklari 17-asr boshlariga mansub guarani tilidagi kattagina matn 1607 yilda lotin grafikasida yozilgan. Tupi tili uchun ham lotin grafikasi asosida yozuv yaratilgan. 20-asr ortalarida Braziliyadagi ushbu oilaga kiruvchi bir qancha mayda tillar uchun yozuv yaratish yolidagi urinishlar kutilgan natija bermadi. T.g.t. ni organish 16 - 17-asrlarda boshlanib, tupi, guarani, mekens, siriono, kokama, kamayura tillari boshqalariga nisbatan yaxshiroqorganilgan.