ⓘ Tuproqqala devoriy rasmlari va haykallari - Orta Osiyo hududida saqlangan qad. sanat obidalaridan. Tuproqqalashtm Xorazm shohlari saroyi majmuasi devorlariga is ..

                                     

ⓘ Tuproqqala devoriy rasmlari va haykallari

Tuproqqala devoriy rasmlari va haykallari - Orta Osiyo hududida saqlangan qad. sanat obidalaridan. Tuproqqalashtm Xorazm shohlari saroyi majmuasi devorlariga ishlangan rasmlar va haykallar mil. 1 - 3-asrlarga mansub. Arxeologlar "Shoxlar xonasi", "Galaba xonasi", "Askarlar xonasi" va boshqa ramziy atalgan saroy xonalari haykallar, bortma tasvirlar qamda rangtasvir bilan bezatilgan; rangtasvir haykaltaroshlik hamda monumental bezaklarda keng qollanilgan. Tasvirlar Orta Osiyoda keng tarqalgan usulda - quruq ganch suvoqqa mineral boyoklarga yelim qoshib ishlangan: tasvir oq zaminni butunlay qoplab ishlanib, qora boyokda tasvirning shakli aniq qilib chizib chiqilgan, song shakllar ichi kerakli ranglar bilan boyalgan. Tuproqqala devoriy rasmlari va haykallarir. va h., asosan, quyidagicha kompozitsiya tuzilishiga ega: kengligi 0.5 - 0.7 m bolgan bezak hoshiyadan iborat pastki qism, asosan, tabiiy kattalikda ishlangan turli jonzotlar, odamlar tasvirlari, ov manzaralaridan iborat asosiy qism hamda devor bezagini yakunlovchi ganch bezakli friz korinishidagi yuqori qism. Asosiy qismda tasvirlangan ov sahnalari, odamlar tasvirlari diqqatga sazovor, mavzuli lavhalar osimliksimon naqshlar bilan uygunlashtirilgan. Yaxshi saqlangan ayrim tasvirlar Xorazm rangtasviri ning ishlanishini kushongandxar ananalari bilan boglash imkonini beradi, shuningdek, shunday qiyofalar gam uchraydiki, bu qiyofalar SuriyaMisr yoki Shim. Qora dengiz boyi xalqlarining rim davri sanatida uchrashini tadqiqotchilar aniklagan. Barcha tasvirlar ota erkinlik va qaqqoniylik bilan yaratilgan bolib, Qad. Xorazmning yuksak badiiy madaniyatidan darak beradi.

Ad.:Toprakkala, Trudo Xorezmskoy arxeologoetnograficheskoy ekspeditsii, t. XIV, M., 1984.