ⓘ Tur hosil bolishi - ajdod turning bir necha yangi gurux,par ga ajralishi orqali yangi turlar hosil bolishi jarayoni. Tur hosil bolishib. muammosini Ch. Darvin o ..

                                     

ⓘ Tur hosil bolishi

Tur hosil bolishi - ajdod turning bir necha yangi gurux,par ga ajralishi orqali yangi turlar hosil bolishi jarayoni. Tur hosil bolishib. muammosini Ch. Darvin ozining divergensiya konsepsiyasida uzilkesil hal qilib bergan. Uning korsatishicha, divergensiya tur ichida boradigan kurash sharoitida tabiiy tanlanish tufayli dastlabki formadan eng kop farq qiladigan belgiga ega bolgan individlarning saqlanib qolishi orqali sodir boladi. Zamonaviy tasavvurlarga qaraganda, Tur hosil bolishib. dizruptiv tanlanish nazorati ostida boradi; buning uchun tur ichida keskin raqobat bolishi shart emas. Tur hosil bolishib.ning allopatrik va simpatrik yollari bor. Allopatrik Tur hosil bolishib. muayyan tur populyatsiyalarining hududiy alohidalanishi bilan bogliq. Tur arealining har xil qismida tarqalgan populyatsiyalar turli yonalishlardagi tabiiy tanlanish tasiriga uchraydi; geografik izolyatsiya esa bunday alohidalangan populyatsiyalar ortasidagi genetik informatsiya almashinuviga tosqinlik qiladi. Astasekin bunday populyatsiyalarda mikroevolyutsiya jarayoniga olib keluvchi genetik divergensiya sodir boladi va populyatsiya individlari dastlabki tur individlaridan aniq farq qiladigan belgilarga ega bolib qoladi. Agar bu belgilar ajdod turning boshka populyatsiyalari bilan chatishmasligiga olib keladigan bolsa, u holda hosil bolgan forma yangi turga aylanadi. Tur oz arealidan tashqarida tarqaladigan bolsa, yangi hududda hali tabiiy tanlanish tasirida muvozanat holatiga kelmagan populyatsiyaning yashab krlishiga olib kelishi mumkin. Bunday populyatsiya tasodifan tanlangan individlar yigindisidan iborat boladigan yangi sharoitga moslanishga imkon beradigan tabiiy tanlanish tasirida genotipik jihatdan juda tez qayta qurilish ga sabab bolishi mumkin. Kam sonli populyatsiyalarning hududiy alohidalanishida mikroevolyutsion jarayonlarda genlar dreyfi asosiy ahamiyatga ega.

Simpatrik Tur hosil bolishib. populyatsiyada birbiridan farq qiladigan bir necha formalarning bolishi va ularning bitta umumiy hududda tarqalishi polimorfizm asosida sodir boladi. Poliploidizatsiya orqali osimliklarda bazan hayvonlarda yangi turlar paydo bolishi simpatrik Tur hosil bolishib. ning oziga xos usuli hisoblanadi. Bunda vujudga kelgan yangi turlar avval boshdan otaona populyatsiyadan genetik alohidalangan boladi. Agar ular jinssiz kopayish yoki partenogenez xususiyatiga ega bolib, ajdod forma bilan chatishmaydigan bolsa, yangi tur sifatida saqlanib qoladi.

Bazan "Tur hosil bolishib." terminidan keng manoda bir turning astasekin ikkinchi turga aylanishi turlar sonining oshmasdan filetik Tur hosil bolishib., shuningdek, duragaylash orkali yangi tur hosil bolishi torsimon evolyutsiya jarayonlarini tushuntirishda ham foydalaniladi. Tur hosil bolishib. ning bir qancha muammolari uzilkesil hal etilmagan.