ⓘ Turbina - ish jismi - bug, gaz yoki suvning kinetik energiyasini mexanik ishga aylantiruvchi birlamchi dvigatel. Ish organi - rotor. Ish jismi oqimi rotor parra ..

                                     

ⓘ Turbina

Turbina - ish jismi - bug, gaz yoki suvning kinetik energiyasini mexanik ishga aylantiruvchi birlamchi dvigatel. Ish organi - rotor. Ish jismi oqimi rotor parraklariga tasir qilib, uni aylantiradi. T.ning aktiv va reaktiv, bir va kop pogonali turlari bor. Muqim bug va gaz T.lari elektr toki generatorlarini, markazdan qochma kompressorlar va havo haydovchi qurilmalarni, taminlash, yonilgi va moy nasoslarini harakatlantirish uchun qollanadi. Transport bug va gaz T.laridan kemalarda asosiy dvigatel sifatida foydalaniladi. Gaz T.lari ham aviatsiya dvigatellari sifatida, bazi hollarda lokomotivlar va maxsus avtomobillarda ham qollanadi. Gidravlik T.lar gidroelektr styalarida elektr toki generatorlarini harakatlantirish uchun ishlatiladi. Tejamliligi, ixchamligi, ishonchliligi va katta quvvat hosil qila olishi tufayli T.lar energetikada porshenli bug mashinalarining ornini egalladi.