ⓘ Turboreaktiv dvigatel - tortish kuchi reaktiv soplodan chikayotgan gaz oqimi xisobiga hosil boladigan aviatsiya gazturbinali dvigateli. Tovush tezligidan yuqori ..

                                     

ⓘ Turboreaktiv dvigatel

Turboreaktiv dvigatel - tortish kuchi reaktiv soplodan chikayotgan gaz oqimi xisobiga hosil boladigan aviatsiya gazturbinali dvigateli. Tovush tezligidan yuqori tezlikda uchadigan samolyotlarda marsh dvigateli yoki tikka kotarilibqonadigan samolyotlarda kotarish dvigateli sifatida ishlatiladi. Uchish paytida unga kiradigan atm. havosi havo olish mexanizmida, keyin turbokompressorda siqiladi. Siqilgan havo yonish kamerasiga uzatiladi, bu yerga ayni paytda suyuq kimyoviy yonilgi purkaladi. Yonilgi alangalanganda hosil boladigan gazlar qisman turbinada kengayib, kompressorni aylantiradi. Turbina va reaktiv soplo ortasiga joylashtirilgan forsaj kamerasida qoshimcha yonilgi yondirib, tortish kuchini ancha oshirish mumkin. Turboreaktiv dvigateldan havokosmik samolyotlarning birinchi bosqichida ham foydalanish mumkin.