ⓘ Turbulent oqim - turbulenglik kuzatiladigan suyuqlik oqimi. Turbulent oqimda suyuqlik ning ayrim zarralari murakkab trayektoriya boylab tartibsiz, beqaror harak ..

                                     

ⓘ Turbulent oqim

Turbulent oqim - turbulenglik kuzatiladigan suyuqlik oqimi. Turbulent oqimda suyuqlik ning ayrim zarralari murakkab trayektoriya boylab tartibsiz, beqaror harakat qiladi. Bunda oqimdagi har bir nuqta tezligi vaqt utishi bilan ozgaradi va pulsatsiya tusida boladi. Bosimda ham pulsatsion ozgarish roy beradi, siqilayotgan suyuqlikning zichligi esa ozgaradi. Jadal tartibsiz aralashuv tufayli Turbulent oqim yuqori issiqlik uzatish, kimyoviy reaksiyalar ni tez tarqatish, tovush va elektromagnit tolqinlarni sochish, shuningdek, impulsni uzatish va shu sababli qattiq jismlarni aylanib oqayotganda ularga yuqori kuch tasir korsatish xususiyatiga ega. Bunda Turbulent oqimlarda harakatlanuvchi jism lar anchagina katta qarshilikka uchrashi sababli kattagina energiya yoqotishlari sodir boladi. Turbulent oqim davrida harakat qilayotgan suyuqlikning ayrim massalari intensiv ravishda aralashib turadi.

Kopchilik atm. hodisalari va jarayonlari - atmosfera bilan sirt orasidagi energiya almashinuvida, issiqlik va namlikning kochishida, Yer sirti va havzalardagi buglanishlarda, atm.dagi iflosliklar diffuziyasida, dengizda shamol tolqinlari va shamol oqimlarining vujudga kelishida, atm. da qisqa radiotolqinlarning sochilishi kabi hollarda atm.ning turbulentligi katta rol oynaydi.