ⓘ Turizm, sayyoqlik - sayohat qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan soglomlashtirish, marifiy, kasbiy ..

                                     

ⓘ Turizm

Turizm, sayyoqlik - sayohat qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan soglomlashtirish, marifiy, kasbiyamaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda haq tolanadigan faoliyat bilan shugullanmagan holda uzogi bilan 1 yil muddatga jonab ketishi tushuniladi.

Turizmning tarixi 19-asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan 1815. Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1-temir yol sayyohligini tashkil qildi. Shundan song u ozining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866-yilda dastlabki sayyoxlik guruxlari AQShga jonatiddi. Sharqda arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatini boshlab, deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi.

Movarounnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va Temuriylar davrida faollashgan. Amir Temur fransuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy aloqada bolgan. Uning elchisi 1403-yili Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixoning "Buyuk Temurning hayoti va faoliyati" kitobida Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyoxlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan.

Hozirgi davrda Turizm dunyoning juda kop mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Odatda, turizm tashkilotlari orqali turizm marshrutlari boyicha uyushtiriladi. Turizmning juda kop turlari va shakllari mavjud.

Ozbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni "Ozbekturizm" milliy kompaniyasi 27-iyul 1992-yilda tuzilgan olib boradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yonalishlarni ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaitirish va boshqalardan iborat.

"Ozbekturizm" milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yonalishlarni ishlab chiqqan: klassik yonalish. Bu yonalish eng qad. yodgorliklar va boshqa tarixiymadaniy obidalarga tashrif bilan bogliq; ekologik turizm yonalishi. Bu yonalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay gamda foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bogliq; arxeologik turizm yonalishi. Bu yonalish Ozbekistonning eng qad. topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qoyadi; ekstre mal turizm yonalishi ; liniy turizm yonalishi - mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bogliq.

Turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Ozbekiston Respublikasining "Turizm togrisida"gi qonuni kabul kilingan 20-avgust 1999. Shu bilan birga Ozbekiston Respublikasi Prezidentining "2005 yilgacha bolgan davrda Ozbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi togrisida"gi farmoni 15-aprel 1999 sohani rivojlantirishda muhim omil boldi.

Turizm tashkilotlarini takomillashtirish hamda kichik va orta turistik korxonalarning xizmat korsatish bozorini faollashtirish, shuningdek, xorijiy sarmoyani turizm sohasiga jalb kilish maqsadida 1998-yilda Ozbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan Toshkentda "Xususiy sayyoxlik tashkilotlari uyushmasi" tashkil etildi. U 300 dan ziyod turistik korxonalar bilan yaqindan aloqada bolib faoliyat olib boradi. Ozbekistonda "Kumushkon" turistik bazasi va "Sanzar" kemping majmuasi mavjud bolib, ular "Ozbekturizm" milliy kompaniyasi tizimi tashkilotlari hisoblanadi. Shu bilan birga Chorvoq, Chimyon, Beldersoy dam olish oromgohlari va yuzga yaqin xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi. Ozbekistonda koplab turistlarni qabul qilish va ularga xizmat korsatish imkoniyatiga ega bolgan mehmonxonalar soni tobora osib bormoqda.

Ozbekiston 1993-yilda oz safiga 120 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan Jahon turistik tashkiloti WTO; 1975-yilda tuzilganga azo boldi. Shuningdek, Ozbekiston WTO Yevropa komissiyasi rayosatining ham azosidir. 2004 y. "Buyuk ipak yoli" loyihasi doirasida Samarkand viloyatida Jahon turistik tashkilotining vakolatxonasini ochish kozda tutilgan. Ozbekistonda turizm sohasiga oid "Buyuk ipak yoli" xalqaro turistik reklamaaxborot gaz. 1994-yildan, "Biznes Gayd" JUR RUS va ingliz tillarida va boshqa ommaviy nashrlar chop etiladi.