ⓘ TURKESTANSKIYE VEDOMOSTI - Turkistondagi ilk davriy matbuot, rus istilochilari tomonidan tashkil etilgan dastlabki gaz. Turkiston generalgubernatori Kaufman tom ..

                                     

ⓘ Turkestanskiye vedomosti

"TURKESTANSKIYE VEDOMOSTI" - Turkistondagi ilk davriy matbuot, rus istilochilari tomonidan tashkil etilgan dastlabki gaz. Turkiston generalgubernatori Kaufman tomonidan chop etilgan. 1870 yildan Toshkentda rus tilida nashr qilingan. Dastlab gaz. bir maromda chiqmagan. 1870 yilda fakat 17 ta soni chop etilgan. Keyingi yildan boshlab haftasiga 1 marta, 1903 yildan oyiga 3 - 4 marta, 1907 yildan kundalik gaz. sifatida chiqa boshlagan. Gaz.ning 6406 soni bosilgan. "Turkestanskiye vedomosti" faoliyatiga bevosita generalgubernator xizmatidagi harbiylar rahbarlik qilishgan. Piyoda qoshinlar ofitseri N.A.Mayev 1892 yilga qadar muharrir bolgan.

"Turkestanskiye vedomosti" podsho Rossiyasi hukumatining Turkistondagi mavqeini mustahkamlashga, olkada chorizm siyosatini otkazishga, mahalliy aholini chor hukmdorlari va amaldorlariga itoatgoylik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan. Gaz.da, asosan, Turkiston generalgubernatorligining buyruk, va farmonlari, turli xil rasmiy malumotlar bosilgan. Shuningdek, olka tarixi, xojaligi, tabiati va bu yerda yashovchi xalklarning etnografiyasi, folklori, adabiyoti, urfodatlariga doyr qiziqarli materiallar ham berib borilgan. Mazkur materiallar olka xalq xojaligi va madaniyati tarixini organishda muhim manba hisoblanadi. Gaz.da olka hayotining barcha jabhalarini yorituvchi "Ichki xabarlar", "Xabar va yangiliklar", "Mahalliy xronika", "SanktPeterburg" bolimlari faoliyat korsatgan.

"Turkestanskiye vedomosti"da V.V.Bartold, L.S.Berg 1876 - 1950, N. A. Seversev 1827 - 85, A. N. Fedchenko 1844 - 73, I.V. Mushketov 1850 - 1902, V.F.Oshanin 1844 - 1917 kabi mashhur olimlar, sharqshunoslar hamkorlik qilishgan. Mazkur olimlarning faol ishtirokida gaz.ning publitsistik ruhi kuchaygan. Gaz.da mahalliy xalq vakillari ham ishtirok etgan. Jumladan, Sattorxon Abdugafforovning Qoqon xonligidagi ahvol xususidagi ocherki gaz. muxlislarini jalb etgan. Gaz. olka hayotidagi koplab salbiy holatlarni korsatmaslikka harakat qilgan.

Gaz.ning Moskva, Peterburg, Vladivostok va boshqa shaharlarda doimiy muxbirlari bolgan. Dastlab "Turkiston viloyatining gazeti" ushbu gaz.ga ilova tarzida chiqarilgan. Gaz. faoliyati Turkiston XKS ning 1917 y. 15 dek. dagi qaroriga muvofiq toxtatilgan songgi soni 1917 y. 15 dek.da bosilgan. Dastlabki davrda gaz. 100 nusxa, 1909 yildan esa 853 nusxadan iborat bolgan.

Ad.Avsharova M. N., 18701917 yillarda Turkiston rus vaqtli matbuoti, T., 1959; Ernazarov T.E.,Turkistondavaqtli matbuot 18701924, T., 1959; Ernazarov T.E., Akbarov A. I., Istoriya pechati Turkestana, T., 1976; Abduazizova N., Turkiston matbuoti tarixi 1870 - 1917, T., 2000.

Norali Ochilov.