ⓘ Turkiyshunoslik, turkologiya - turkiy tillarda sozlashuvchi xalqlarning tillari, etnografiyasi, tarixi, adabiyoti, folklori, madaniyatini organuvchi gumanitar f ..

                                     

ⓘ Turkiyshunoslik

Turkiyshunoslik, turkologiya - turkiy tillarda sozlashuvchi xalqlarning tillari, etnografiyasi, tarixi, adabiyoti, folklori, madaniyatini organuvchi gumanitar fanlar majmui. Dastlab T., asosan, filologik fan sifatida rivojlandi. T.ning eng muhim manbalari: 7 - 11-asrga mansub urxun-enisey yozuv bitiklari, uygur yozuvi yodgorliklari, orta asrlarda yashab, arab, fors va turkiy tillarda ijod etgan mualliflarning asarlari va boshqa Turkiy qabilalar haqida Mahmud Koshgariy tomonidan toplab tartibga solingan eng qad. malumotlar toplami - "Devonu lugotshp turk" va Abulgozi Bahodirxonning tarixiyetnografik asarlari ham muhim ahamiyatga ega. Garbiy Yevropa turkiylar bilan 11 - 13-asrlarda, Vizantiya hamda salibchilarning saljuq turklariga qarshi kurashi paytida tanishadi. Turklar tomonidan Konstantinopol hozirgi Istanbulning bosib olinishi ularga bolgan qiziqishni yanada orttirdi. Yevropa adabiyotida Usmonli turk imperiyasining dastlabki tavsifi 15 - 16-asrlarga mansub. Garb sharqshunos...

                                     

1. Adabiyot

  • Kononov AN., Tyurkskaya filologiya v SSSR, 19171967, M, 1968; Baskakov N. A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazikov, 2 izd., M., 1969; Kononov A.N., Istoriya izucheniya tyurkskix yazikov v Rossii, L., 1972; L u ni n B. V., Istoriografiya obhestvennox nauk v Uzbekistane. Bibliograficheskiye ocherki, T.,1974; Qochqortoyev I., Isabekov B., Turkiy filologiyaga kirish, T., 1984.

Abduvahob Madvaliyev.