ⓘ Turkiston fronti - RSFSR Qurolli kuchlarining Oliy bosh qomondoni S.S. Kamenevning direktivasiga asosan 1919 y. 15 avg.da Samara, Astraxon, Orenburg gubernyalar ..

                                     

ⓘ Turkiston fronti

Turkiston fronti - RSFSR Qurolli kuchlarining Oliy bosh qomondoni S.S. Kamenevning direktivasiga asosan 1919 y. 15 avg.da Samara, Astraxon, Orenburg gubernyalari va Ural viloyati hududida Sharqiy frontning Jan. guruh armiyalari asosida tashkil qilingan front. Turkistondagi istiqlolchilik harakatiga qarshi kurash maqsadida tuzilgan. Turkiston frontiga dastlab 1, 4, 11armiyalar kiritilgan. 1919 y. 25 avg. da Turkiston Respublikasidagi barcha qizil askar qismlari ham unga boysundirildi. Turkiston frontini harbiy va partiyaviy jihatdan Inqilobiy harbiy kengash va Siyosiy boshqarma boshqargan. M.V. Frunze Turkiston frontiniing 1qomondoni bolgan.

1919 y. 20 noyabrda Turkiston fronti harbiy shtabi Samaradan Toshkentga kelib ornashgan. M.Frunze Toshkentga kelgach 1920 y. fevral, harbiy harakatlarda bevosita qatnashgan. Rossiya markazidan doimiy ravishda katta miqsordagi qizil askarlar Turkistonga yuborilgan. Mac, 1919 y. yozida Turkiston Respublikasidagi qizil armiya qismlarida 35.378 jangchi bolgan bolsa, Turkiston fronti tashkil qilingandan keyin 71.751 jangchi va 185 ta pulemyot Rossiyadan Turkistonga tashlangan. 1920 y. 1 sent.da qizil askarlarning soni 182.800 kishiga yetgan. Turkiston fronti jangchilari istiqlolchilarga qarshi kurash bilan cheklanmasdan, 1920 y. 2 fevral Xivada xonlik va 2 sent.da Buxoroda amirlik tuzumini agdarib tashlab, bu davlatlar hududini ham bosib olgan qarang Buxoro bosqini.

Turkiston frontiga M.Frunzedan tashqari G.Sokolnikov 1920 - 21, V.Lazarevich 192122, V.Shorin 1922, A.Kork 1922 - 23, S.Pugachyov 1923 - 24, M.Levandovskiy 1924 - 25, Avksentyevskiy 1925 - 26 qomondonlik qilgan.

1920 y. 4 iyunda Turkiston fronti asosida Orta Osiyo harbiy okrugi tuzilgan.

                                     

1. Adabiyot

  • Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti T., 2000; Rajabov K., Buxoroga kizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.

Qahramon Rajabov.