ⓘ Turfon sultonligi, Turfon davlati - markazi Turfon sh. bolgan davlat nomi. Turfon Buyuk ipak yolitsa muhim orin tutgan joy bolganligi sababli, bu zaminda 2 ta d ..

                                     

ⓘ Turfon sultonligi

Turfon sultonligi, Turfon davlati - markazi Turfon sh. bolgan davlat nomi. Turfon Buyuk ipak yolitsa muhim orin tutgan joy bolganligi sababli, bu zaminda 2 ta davlat mavjud bolgan. Ulardan dastlabkisi Turfonda topilgan tosh bitiklarda Qocho, Xitoy manbalarida Gaochan davlati deb nomlangan. Mazkur davlatning tashkil topgan vaqti 460 yilga, yoq qilingan vaqti 9-asrning ortalariga togri keladi. Bu davlatda Budda dini yuksak darajada rivojlangan. Shu sababli garbga safar qilgan Xitoy rohiblari bu zaminni ziyorat qilmay otmagan. Qocho davlati Xitoyga yaqin bolganligi sababli doim ushbu mamlakatning tavdidi ostida turgan. Xitoy imperatorlari esa Turfonni oz nazorati ostiga olishga harakat qilgan. Turk xoqonligi davrida Qocho turklarga tobe bolgan. Qocho davlatining poytaxti hozirgi Turfon shahrining sharqiy tomonida va 40 km narida joylashgan Qoraqocho bolgan. Hozirgi kunda uning faqat xarobalarigina saqlanib qolgan.

Ikkinchi Turfon davlati 9-asrning ortasida tashkil topgan bolib, uning nomi tarixda Turfon idiqutligi deb ham ataladi. Mazkur davlat Xitoy manbalarida Gaochan xueguguo, Shichjou Sichjou xueygu guo deb nomlangan. Bu Turfon yoki Garbiy olka uygur davlati manosini anglatadi. Ushbu davlat hududiga hozirgi SintszyanUygur muxtor rnining Kochar, Qorashar, Jimusa, Urumchi, Kumul Xami viloyatlari kirgan. Turfon sh. yuksak madaniyat va xalqaro savdo markazlaridan biriga aylangan. Ushbu davlat qoraxoniylar xoqonligi tashkil topganidan song uning hududiga qoshib olingan.