ⓘ Turgar - Sugd hukmdori. Guraknnnt ogli. Uning ismi ozi zarb qildirgan tangalarda twry’r, xitoy yilnomalarida Duge, arab manbalarida Turxar yoki Yazid shakllarid ..

                                     

ⓘ Turgar

Turgar - Sugd hukmdori. Guraknnnt ogli. Uning ismi ozi zarb qildirgan tangalarda twry’r, xitoy yilnomalarida Duge, arab manbalarida Turxar yoki Yazid shakllarida qayd etiladi. Shuningdek, u arab manbalarida "alMuxtor" laqabi bilan ham zikr etiladi. T. otasi orniga arablarga vassal sifatida 738 yilda Samarkand taxtiga otirgan va musulmoncha Yazid ismini olgan. Bu paytgacha u Ishtixon hokimi bolgan, Jumladan, Tanshu nomli xitoy yilnomasida Kan hukmdori Ulega ning 731 y. Duge ismli oglini Sao shahriga, Mochjo ismli 2oglini Mi shahriga hokim etib tayinlanganligi va uning otasining olimidan song Samarqand hukmdori bolganligi qayd etiladi.

T.ning yoshlik yillari arab bosqinlari va ularga qarshi otasi Gurakning olib borgan kurashlari davriga togri kelgan. U arablarning vassali sifatida Sugd ixshidi bolib turgan davrda ham arablarga qarshi zimdan kurash olib borgan. Xususan, uning 740, 750 yillarda Xitoyga elchilar yuborganligi malum.

T.ning avlodlari hadisshunos olimlar bolib, atTurkiy anNasafiy nisbasi bilan ijod qilishgan. Jumladan, ular orasida Abu Axmad Tolib ibn Ali ibn alHasan ibn Turxar ashShirakasiy anNasafiy vafoti 900 y. va 10 - 11alarda yashagan Abu Ishoq Ibroxim ibn Abu Ali Muhammad ibn Abu Abdulloh Muhammad ibn Amr ibn Solih ibn Turxar anNasafiy atTurxariy kabi nasaflik hadisshunoslar uchraydi.