ⓘ Tuxumhujayra - urgochi jinsiy hujayra. T.dan uruglanish yoki partenogenez natijasida yangi organizm rivojlanadi. Hayvonlarda T. murtakning rivojlanishi uchun za ..

                                     

ⓘ Tuxumhujayra

Tuxumhujayra - urgochi jinsiy hujayra. T.dan uruglanish yoki partenogenez natijasida yangi organizm rivojlanadi. Hayvonlarda T. murtakning rivojlanishi uchun zarur oziq moddaga ega bolib, yaxshi ixtisoslashgan. Sut emizuvchilar T.sini rus olimi K. M. Ber kashf etgan. Odatda, T. bir necha qavat post bilan qoplangan. Kopchilik hayvonlar T.si yumaloq yoki oval shaklda, bazan choziq. Govaktanlilar va ayrim boshliqichlilar T.si doimiy shaklda bolmasdan amyobaga oxshash harakatlanish xususiyatiga ega. Kopchilik hayvonlar T.si harakatsiz. T.ning olchami sitoplazmadagi sariklik miqdoriga bogliq. Mas., parazit pardaqanotlilar T.si sarikGshgi bolmaganligidan juda kichik ; yoldoshli sut emizuvchilarning sariqligi kam T.si 50 mkm dan 180 mkm gacha. Odam va kopchilik umurtqasizlar T.si olchami 90 mkm ga yaqin. Zaxira sariqlik kop bolgan mollyuskalar, ignaterililar, qisqichbaqasimonlar T.lari diametri 1.4 mm, kloakali sut emizuvchilarniki - 3.5 - 4.3 mm, losossimon baliqlarniki - 6 – 9 mm, tuxumini ogzida olib yuradigan dengiz laqqachalariniki - 17–21 mm, akulalarniki 50–70 mm, tovuqniki - 30 sm dan ortiq, tuya qushniki - 80 sm. Tuxumning olchami hayvonning katta yoki kichikligiga bogliq bolmasdan, serpushtliligiga teskari korrelyatsiyada boladi. Odatda, tuxumini qoriqlaydigan hayvonlar yirik, lekin ozroq tuxum qoyadi. Nasli togrisida gamxorlik qilmaydigan baliqlar minglab, bazan millionlab mayda tuxum qoyadi. Lekin murtagi ona organizmda rivojlanadigan yoldoshli sut emizuvchilarda bunday korrelyatsiya kuzatilmaydi - ular bir vaqtning ozida bir necha mayda tuxum qoyadi. Tuxum 2 qutbli tuzilgan: animal qutbdan vegetativ qutb tomonga sariq modda miqdori ortib boradi.

T. sitoplazmadagi sariklik miqdoriga kora aletsital, oligoletsital, mezoletsital, poliletsital, sariqlikning sitoplazmada tarqalishiga binoan gomolitsetal, telolitsital, sentroletsital; maydalanish tipi boyicha goloblastik va meroblastik xillarga ajratiladi. Osimliklar T.si kopincha maxsus urgochilik jinsiy organi - arxegoniyda sporali yuksak osimliklar va ochiq uruglilar yoki murtak xaltasida gulli osimliklar rivojlanadi.