ⓘ Tuqsoba, toqsabo - harbiy qism sarkardasi, tuqsaboshi. 1 16 - 19-asrlarda Buxoro amirligida eshikoqo boshi, chigatoy begi singari mansablardan keyingi, miroxurd ..

                                     

ⓘ Tuqsoba

Tuqsoba, toqsabo - harbiy qism sarkardasi, tuqsaboshi. 1) 16 - 19-asrlarda Buxoro amirligida eshikoqo boshi, chigatoy begi singari mansablardan keyingi, miroxurdan oldingi rutba hisoblanib, uning egasi amir saroyiga otda kirish, lekin hukmdor qabulida otirish huquqiga ega bolmagan shaxsni anglatgan. Bu mansabdor idishlarga ovqat suzish, kosalarga ichimlik, qatiq, muzdek suv va h.k. quyish, ularni xizmatkorlar orqali mashvarat yoki kengash ahliga yetkazishga masul hisoblangan. U, shuningdek, Harqonrud tumanini va u yerda suv taqsimotini boshqargan; 2) Amir tomonidan katta qala va qorgonlardagi harbiy garnizonni boshqarish uchun tayinlangan harbiy mansabdor. Qoqon va Xiva xonligida T., asosan, bir polkdan tashkil topgan harbiy qism qomondoni. Rutba jihatdan chor hukumati armiyasining polkovnik unvoniga teng kelgan.