ⓘ Tugilganlik haqida guvohnoma - bolaning tugilganligi, uning otaonasi kim ekanligini tasdiklovchi hujjat. Bolaning tugilishini qayd etish majburiy bolib, bola tu ..

                                     

ⓘ Tugilganlik haqida guvohnoma

Tugilganlik haqida guvohnoma - bolaning tugilganligi, uning otaonasi kim ekanligini tasdiklovchi hujjat. Bolaning tugilishini qayd etish majburiy bolib, bola tugilgan joydagi yoki otaonasidan birining doimiy yashash joyidagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida amalga oshirilishi lozim. Tugilganlik haqidagi ariza bola tugilgan kundan boshlab 1 oy muddat ichida berilishi zarur. Tugilganlikni qayd etish uchun: tibbiyot muassasasining bola tugilganligi togrisidagi tibbiy malumotnomasi, otaonalarining pasportlari yoki ularning ornini bosuvchi hujjatlar, nikoh tuzilganligi togrisidagi gerbli guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza taqdim etiladi. Tugilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilgach, ariza beruvchiga Tugilganlik haqida guvohnomag. hamda sugurta kassasiga topshirish uchun malumotnoma beriladi. Egizak bolalar tugilganda ularning har biri uchun tugilganlik haqida tibbiy malumotnoma taqdim etilishi kerak, ular asosida tugilganlik haqida alohidaalohida dalolatnoma yozuvlari, ularning har biriga alohida Tugilganlik haqida guvohnoma g. beriladi. Ulik tugilgan bolaning tugilganligini, shuningdek, hayotining 1haftasida olgan bolalarning tugilganligini va olimini qayd etish tibbiy muassasa arizasiga binoan, shu hududdagi FHDYO organida 24 soat ichida amalga oshiriladi. Ushbu harakatlar OzR Vazirlar Mahkamasining Ozbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur bolgan meyoriy hujjatlarni tasdiqlash togrisida’’gi 171sonli qarori 1ilovasi bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari asosida bajariladi.