ⓘ Tugma kasalliklar - embrion taraqqiyotining buzilishidan paydo boladigan kasallik, nuqsonlar. Tugma kasalliklarda organizm, ayrim organlar tuzilishi va funksiya ..

                                     

ⓘ Tugma kasalliklar

Tugma kasalliklar - embrion taraqqiyotining buzilishidan paydo boladigan kasallik, nuqsonlar. Tugma kasalliklarda organizm, ayrim organlar tuzilishi va funksiyasi butunlay yoki qisman buziladi. Bu, asosan, homila rivojlanishida ona organizmiga zararli har xil omillar tasirida kelib chiqadi.

Irsiy omillar tasirida otaona jinsiy hujayralari yetilishi meyoz va otaona yoshiga qarab jinsiy hujayralardagi xromosoma apparati buziladi. Irsiy omillarga jinsiy xususiyatlar genomga ionlovchi nurlar va kimyoviy moddalar tasirida yuz beruvchi mutatsion jarayon qarang Mutatsiya ham kiradi. Otaonaning yoshi ulgaygan sari Tugma kasalliklar bilan tugiluvchi bolalar soni ham kopayib boradi.

Embrion taraqqiyotiga fizik ionlovchi nurlar, mexanik va termik tasirlar, kimyoviy va biologik omillar bevosita tasir etadi. Homila rivojlanayotgan vaqtda onadagi ruhiy tasirlanish qam organizmda endokrin sistema ichki sekretsiya bezlari sistemasi funksiyasining buzilishiga olib keladi.

Tugma kasalliklar natijasida ayrim organ yoki sistemalarning chala, bazan, tola rivojlanmasligi, mas., qol va oyoqning butunlay yoki qisman rivojlanmasligi, organ va sistemalarning odatdagidan kuchlirok, rivojlanishi, mas., odam terisida shox modda taraqqiy qilishi giperplaziya, gipergeneziya; organlar sonining kopayishi yoki kamayishi mas., qol va oyoq barmoqlarining kop bolishi - polidaktiliya; toq kozlilik siklopiya; organning odatdagi joyidan boshqa tomonda joylashishi kuzatilishi mumkin.

Bazan, tugilgan bolalarning yuqori labida kemtik boladi yoki yuqori tanglayi rivojlanmay ochiq qoladi. Bu tugma kamchiliklar embrionga parazitlarning salbiy tasiri va irsiy xususiyatlardan kelib chiqadi. Tugma kamchiliklar ayrim organ va sistemalar rivojlanayotgan vaqtda hosil bolishi mumkin.

Kop tugma kamchiliklar egizaklarda simmetrik yoki asimmetrik holda boladi.