ⓘ Tugma kumush - tugma tabiiy elementlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi deyarli sof Ag, Ai, Hg, Sb, Bi yoki Si ning Ag dagi tabiiy qattiq eritmalari ora ..

                                     

ⓘ Tugma kumush

Tugma kumush - tugma tabiiy elementlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi deyarli sof Ag, Ai, Hg, Sb, Bi yoki Si ning Ag dagi tabiiy qattiq eritmalari orasida ozgarib turadi. Turlari: kyustelit, kongsbergit, arkverit, bordozit, animikit, allargentum, chilenit, kumush. Tugma kumush markazlashgan qirrali kub singoniyada kristallanadi. Chili da topilgan ulkan taxta korinishidagi Tugma kumushning ogirligi 1420 kg. Rangi oq bolib, kopincha usti yupqa qora parda bilan qoplangan boladi. Tugma kumush kam uchraydi, metallsimon yaltiraydi. yumshoq, oson bolgalanuvchan. Qattiqligi 2.5, zichligi 10.5 g/sm1. Gidrotermal tomirlarda koproq sulfidli polimetall konlarning sementlanish va oksidlanish zonalarida kaltsit, flyuorit, adulyar hamda Ag, So, Ni, Bi, U minerallari va boshqalar bilan birga uchraydi. Tugma kumush konlari xorijda Norvegiya, Kanada, Germaniya va boshqa joylarda mavjud. Tugma kumush tugma oltin bilan birga kumush, kolchedan, qorgoshinrux konlarining oksidlanish zonasida uchraydi. Ozbekistonda Qurama toglarining rudali konlarida keng tarqalgan.