ⓘ Tugro - Sharq mamlakatlarida podshoh va xonlarning farmonlari boshida ularning unvoni - nom va amallarini korsatuvchi maxsus bezakli yozuv, ramziy belgi, sarlav ..

                                     

ⓘ Tugro

Tugro - Sharq mamlakatlarida podshoh va xonlarning farmonlari boshida ularning unvoni - nom va amallarini korsatuvchi maxsus bezakli yozuv, ramziy belgi, sarlavha ornidagi soz, jumlaning bezak sifatida yozilishi. Mahmud Koshgariyning "Devonu lugotit turk" asarida tugrach shaklida keltirilib uning 3 manosi beriladi: 1) oguzlar tilida podsho muhri; 2) podshoh, safarga chiqish oldidan qoshindagi xar bir jangchiga beradigan ot; 3) oguzlar tilida muhr bosilgan xat. Shu manoda boshqa turkiy qavmlar tomonidan qollaniladigan yorliq sozi oguzlarga notanish bolgan. Saljuqiylar davrida davlat mahkamasi boshligi bolgan amaldor tugroi deb atalgan. 4) 19-asr oxirida Shim. Hindiston va Ozbekistonda alohida xatlarni turli jonivorlar, parrandalar shakli sifatida yozilishi ham T. xati yoki xatti T. deyilgan. Xattotlikning bu sanat turi bilan Ozbekistonda Habibullo Solih, Maruf Salimov, Toxtamurod Zufarov va boshqa shugullanmoqda.