ⓘ Tugruq - homiladorlikni yakunlaydigan murakkab fiziologik jarayon. T.dan homila va yoldosh tugruq yollaridan otib, ajralib chiqadi. T. normal kechganida homila ..

                                     

ⓘ Tugruq

Tugruq - homiladorlikni yakunlaydigan murakkab fiziologik jarayon. T.dan homila va yoldosh tugruq yollaridan otib, ajralib chiqadi. T. normal kechganida homila 10 akusher oyida tugiladi; bu davrda homila yetuk, bachadondan tashqarida yashash qobiliyatiga ega boladi.

Homilador ayollarning kopchiligida T.da 2 hafta oldin tugruq nishonasi korinadi; bunda bachadon tubi keskin oldinga egiladi, qorin pastga tushadi va ayol yengil nafas ola boshlaydi; organizmdan ajralgan suyuklik hisobiga vazni bir qadar yengillashadi; bachadon muskullari vaqtvaqti bilan qisqarib taranglashadi.

Ayolning kozi yorishiga 1 - 2 kun qolganida qindan quyuq choziluvchan shilliq ajraladi, bazan shilliq bir oz qon aralash boladi homiladorlik davomida bachadon boyni kanalini toldirib turgan shilliq tiqin ajralib chiqadi, qorin pastida, dum/azada, bel sohasida tarqoq ogriq kuzatiladi. T. nishonasidan ayol chochimasligi, aksincha T.ning yaqinlashib qolganligini his qilishi lozim. Ana shunday belgilar koringanida ayol uyda bolib turgani maqul, chunki tez orada tolgoq kuchayib, uni zudlik bilan tugruqxonaga eltish zarur boladi.

Bazi ayollarda T. nishonasi boshlanganida qogonoq suvi ketib qoladi; bunday belgilar paydo bolganda ayolni darhol tugruqxonaga yotqizish kerak, aks holda qogonoq suvi bilan birga homilaning kindik halqasi yoki koli qinga tushishi mumkin. Bundan tashqari, qogonoq suvi T.dan oldin ketib qolsa, qin orqali bachadonga infeksiya kirishi osonlashadi. Homilador ayol tugishiga yaqin dard tuta boshlaydi qarang Dard tupgishi.

Homila otadigan tugruq yoli tugruq kanali - kichik chanoq suyaklari va yumshoq toqimadan bachadon boyni, bachadon tubi muskullaridan tashkil topgan bolib, shakli egilgan nayga oxshash.

Tugruq kanalining kirish qismi qattiq suyak halqadan iborat, eni 13 sm, boyi 11 sm. Bu olchamlar homila boshining normal otishiga moye boladi; olchamlarning bundan kichik bolishi tor chanoq tugruqni mushkullashtiradi. Bunday vaqtda operatsiya qilib tugdiriladi.

T. birinchi marta tugayotgan ayollarda 15 - 24 soat, takror tugayotgan ayollarda 10 - 12 soat davom etishi mumkin. T.ning qancha davom etishi ayolning yoshiga yoshi kattaroq ayollar birinchi marta tugayotganida tugruq uzoq davom etadi, homilaning kattakichikligiga, chanoq olchamiga, bachadon muskullarining qisqarishiga bogliq.

T. uch davrni oz ichiga oladi. Birinchi davr uzoqroq birinchi marta tugayotgan ayollarda 13 - 18 soat, takror tugayotganlarda 6 - 9 soat davom etadi. Bu davrda bachadon boyni astasekin tekislanib, T. kanali kengayadi. Bachadon boynining tashqi teshigi tola ochilgach qogonoq homila pufagi yoriladi. Bazi hollarda homila pufagi yorilmay qolsa, bola "pardali" tugiladi, bu homila uchun juda xavfli, chunki u dimiqib nobud bolishi mumkin. Bachadon boynining tola ochilishi va qogonoq suvining ketishi bachadon muskullarining qisqarishiga va homilaning tugilishiga imkon beradi ikkinchi davr. Bu davrda bachadon muskullarining ritmik qisqarishi yanada kuchliroq va uzoqroq davom etib, unga krrin devori muskullari hamda diafragmaning kiskarishi qoshiladi, yani kuchaniq roy beradi. Ayol har kuchanganida homila tugruq kanali boylab surila boshlaydi, bunda homila malum harakatlar qilib suriladi, bu esa uning osongina tugilishini taminlaydi. Homila boshi chanoqning katta olchamiga moslashib siljiydi, bu davrda homila boshi bukiladi va engagi kokragiga tegadi, yuzi ong yoki chapga qaraydi.

Homila T. kanali boylab siljiganda ensa qismi bilan oldinga, yuzi bilan dum/aza tomonga ogirilib oladi. Homilaning boshi chanoq tubi, togri ichak va tashqi chiqaruv yolini bosadi, bunda ayolning hojati qistagandek tuyuladi. Keyinchalik ayol har kuchanganida homila boshi jinsiy oraliqda korinadi, kuchaniq toxtashi bilan korinmay qoladi; tez orada shunday payt keladiki, kuchaniq tutmay turganida xam qomila boshi korinib turaveradi. Bu vaqtda tugruqni boshqaruvchi akusherka chaqaloqni tugdirishga kirishadi. Homilaning tugilish davrida ayol akusherkaning aytgani boyicha kuchaniqni tezlatishi yoki sekinlatishi mumkin, bunda bola chiqayotganida tugruq yolidagi yumshoq toqimalar yirtilmay qoladi. Homilaning boshi chiqishi bilan tanasi korinadi. Shu bilan T.ning ikkinchi, yani homilaning tugilish davri tugaydi. Bu davr birinchi bor tugayotgan ayollarda 1.5 - 2 soat, takror tugayotgan ayollarda yarim soatdan bir soatgacha davom etadi.

Chaqaloq bilan yoldoshni birlashtiruvchi kindik kesib boglanadi. Chaqaloq tugilishi bilanoq yiglaydi, nafas ola boshlaydi. Endi uchi nchi davr, yani yoldosh tushish davri boshlanadi, bu ortacha 30 min.dan 1 soatgacha davom etadi. Bunda yoldosh bachadon devoridan kochadi va tushadi; bir oz 250 ml cha qon ketadi. Yoldosh tushish davrini vrach sinchiklab kuzatib turadi, chunki yoldosh butunligicha tushmay, biror bolagi qolib ketsa, qon ketishiga sabab bolishi mumkin. Yoldosh tushishi bilan T. tugab, chilla davri boshlanadi.