ⓘ BUXARSKIY VESTNIK - Buxoro viloyati hokimligining ijtimoiysiyosiy gaz. Buxoro shahrida rus tilida haftada 2 marta chiqadi. Dastlab 1920 yil 5 yanvardan Buxoro s ..

                                     

ⓘ Buxarskiy vestnik

"BUXARSKIY VESTNIK" - Buxoro viloyati hokimligining ijtimoiysiyosiy gaz. Buxoro shahrida rus tilida haftada 2 marta chiqadi. Dastlab 1920 yil 5 yanvardan Buxoro shahrida "Izvestiya" nomi bilan nashr etilgan. 1958 yildan "Krasnaya Buxara", 1970 yildan "Sovetskaya Buxara", sung "Buxarskiye izvestiya" nomlari bilan chiqqan. 1994 yildan hozirgi nomda. Gaz.ga turli yillarda G.Ya. Krakovskiy, SV. Bondarenko, V. G. Popov va boshqa bosh muharrirlik qilgan. Gaz. tahririyatida turli davrlarda faoliyat korsatgan M.B. Maryasin, I.V. Lazarev, V.M. Shurayevga Ozbekistonda xizmat korsatgan madaniyat xodimi unvoni berilgan. "Buxarskiy vestnik shoro tuzumi davrida Buxoro viloyatida kommunistik mafkurani targib qilgan yetakchi matbuot organi bolgan. Mustaqillik davrida maqolalarning siyosiy yonalishi, mazmuni va mundarijasida keskin ozgarish roy berdi. "Buxarskiy vestnik Buxoro viloyatida mustaqillik yillarida sodir bolgan yaratuvchilik ishlarini oz sahifalarida aks ettirmoqda, rusiy zabon aholi ortasida davlatimizning ichki va tashqi siyosatini targib qilmoqda. Adadi 1 mingdan ziyod.