ⓘ Bxaratendu xarishchandra - hind yozuvchisi, dramaturg. Zamonaviy hind adabiyoti asoschilaridan biri. U 13 yoshida Ramayanadyalh parchalarni tarjima qilgan. Vidy ..

                                     

ⓘ Bxaratendu Xarishchandra

Bxaratendu xarishchandra - hind yozuvchisi, dramaturg. Zamonaviy hind adabiyoti asoschilaridan biri. U 13 yoshida "Ramayana"dyalh parchalarni tarjima qilgan. "Vidyasundar", "Adolatli Xarishchandra" asarlari sanskritchadan qilingan ilk erkin tarjimalari edi. B. X. "Sevgi maftuni", "Chandravali", "Xindiston musibati", "Ostinustun shahar" kabi asarlari bilan zamonaviy hind dramaturgiyasiga asos soldi, uni mumtoz dramalarga ijodiy yondashgan holda, zamonaviy mavzu va goyalar bilan boyitdi. B. X. teatrlar tashkil etib, ozi ham rejissyorlik, ham aktyorlik qilgan. Uning asarlari, adabiytanqidiy maqolalari vatanparvarlik ruhi, bosqinchilarga nafrat goyalari bilan sugorilgan. Ijodi 19-asr 2-yarmi hind adabiyoti taraqqiyotiga sezilarli tasir etgan.