ⓘ Uzatmalar qutisi - oziyurar mashinalar transmissiyasida birlamchi va ikkilamchi vallar uzatish nisbatinm ozgartirish uchun moljallangan kop zvenoli mexanizm. Bu ..

                                     

ⓘ Uzatmalar qutisi

Uzatmalar qutisi - oziyurar mashinalar transmissiyasida birlamchi va ikkilamchi vallar uzatish nisbatinm ozgartirish uchun moljallangan kop zvenoli mexanizm. Bu ozgartirish alohida yoki boshqa mexanizmlar bilan umumiy korpusda joylashgan tishli uzatmalarni almashlab ulash natijasida amalga oshiriladi. Yetakchi valning aylanish chastotasi ozgarmagani holda yetaklanuvchi valning aylanish chastotasini ozgartiradigan Uzatmalar qutisiga tezliklar qutisi, metall kesish stanoklarida surishlarni ozgartiruvchi Uzatmalar qutisi surishlar qutisi deyiladi. Uzatmalar qutisi inki yo’nuv dvigatelli avtomobillar va boshqa transport vositalarining yetakchi gildiraklarini harakatlantirishda keng ishlatiladi. Uzatmalar qutisining konstruksiyasi uning vazifasiga, uzatishlarni almashlab ulash usuliga va mashina yoki stanokning texnik tafeilotiga; uzatilayotgan quvvatga, tezkorlikka, uzatish soniga, rostlanish diapazoniga bogliq. Tezlashtiruvchi uzatmalar uchun uzatish nisbati, odatda, kamida 1/2 ga teng boladi, sekinlashtiruvchi uzatmalar uchun esa 4 dan oshmaydi, 2 val orasidagi uzatmalar soni 6 - 8 ga teng boladi. Uzatishlarni almashlab ulash usuliga qarab sirpanuvchi tishli blokli ; sinxronizatori bolgan tishli muftali, friksion muftali va tormozli, erkin yurish muftali Uzatmalar qutisi farklanadi.