ⓘ Uzluksiz talim - ozaro mantiqiy izchillik asosida boglangan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va birbirini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat ..

                                     

ⓘ Uzluksiz talim

Uzluksiz talim - ozaro mantiqiy izchillik asosida boglangan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va birbirini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit talim tizimi.Ozbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimining asosi, talim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri. 1997 y. 29 avg.da qabul qilingan "Talim togrisida"gi OzR qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida tamoyil sifatida qayd etilgan. Uzluksiz talim milliy modelning asosiy tarkibiy kismlaridan biri, OzRning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taminlovchi, shaxe, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiytexnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz talim ijodkor, ijtimoiy faol, manaviy boy shaxe shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shartsharoitlar yaratadi. Uzluksiz talim tizimining faoliyat olib borishi davlat talim standartlari asosida, turli darajalardagi talim dasturlarining izchilligi asosida taminlanadi va maktabgacha talim, umumiy orta talim, orta maxsus, kasbhunar talimi, oliy talim, oliy oquv yurtidan keyingi talim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari talimni oz ichiga oladi.

Uzluksiz talimning faoliyat korsatish tamoyillari kuyidagilardan iborat: talimning ustuvorligi - uning rivojlanishining 1darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, talim va yuksak intellektning nufuzi; talimning demokratlashuvi - talim va tarbiya uslublarini tanlashda oquv yurtlari mustaqilligining kengayishi, talimni boshqarishning davlatjamiyat tizimiga otilishi; talimning insonparvarlashuvi - inson krbiliyatlarining ochilishi va uning talimga bolgan turlituman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining taminlanishi, inson, jamiyat va atrofmuhit ozaro munosabatlarining uygunlashuvi; talimning ijtimoiylashuvi - talim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak manaviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; talimning milliy yonaltirilganligi - talimning milliy tarix, xalq ananalari va urfodatlari bilan uzviy uygunligi, Ozbekiston xalklarining madaniyatini saklab qolish va boyitish, talimni milliy taraqqiyotning ota muhim omili sifatida etirof etish, boshqa xalklarning tarixi va madaniyatini hurmatlash; talim va tarbiyaning uzviy boglikligi, bu jarayonning qar tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yonaltirilganligi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga talimning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shartsharoitlar yaratish.

Uzluksiz talim jarayonida samarali natijalarga erishish uchun asos bolib xizmat qiladi.

Masuda Hoshimova.