ⓘ Umumiy talim - kasbi va turmush tarzi qandayligidan qati nazar tabiat, jamiyat, tafakkur, sanat, manaviyat boyicha har bir kishi egallashi zarur bolgan bilim as ..

                                     

ⓘ Umumiy talim

Umumiy talim - kasbi va turmush tarzi qandayligidan qati nazar tabiat, jamiyat, tafakkur, sanat, manaviyat boyicha har bir kishi egallashi zarur bolgan bilim asoslari, shuningdek, har bir odamda hayotda qiynalmay yashashi uchun shakllantirilishi kerak bolgan konikma va malakalar yigindisi; malum yoshdagi barcha bolalarning muayyan bilimlar minimumini beradigan maktablarda malum vaqt mobaynida majburiy talim olishi.

Umumiy talimni egallash har bir kishiga ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, unda olamni bilish krbiliyatini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, Umumiy talim kasbiy hamda politexnik talimning poydevori boladi. Umumiy talim oquv muassasalarida oqish orqali ham, mustaqil talim yoli bilan ham olinishi mumkin.

Jahon ped. fani va amaliyotida Umumiy talimning boshlangich, kuchaytirilgan boshlangich va orta singari turlari mavjud. Boshlangich Umumiy talim oqish, yozish, arifmetikaning dastlabki amallari hamda tabiatshunoslik, geogr. va Vatan tarixi yuzasidan ibtidoiy tushunchalar, rayem, musiqa, jismoniy tarbiya va mehnat singari oquv fanlarini oz ichiga oladi. Kuchaytirilgan boshlangich Umumiy talimda esa oquvchilarga ona tili grammatikasi, chet tili, adabiyotning qisqa kursi, mat.ning ayrim bolimlari, algebra, geom., fizika, tabiatshunoslik, chizmachilik boyicha ibtidoiy malumotlar, geogr., tarix, rayem, mehnat kurslari qoshiladi. Yevropa mamlakatlarining aksariyatida boshlangich va kuchaytirilgan boshlangich Umumiy talim talimning mustaqil tizimi sifatida qaraladi va orta Umumiy talim bilan yetarli uzviylik kasb etmaydi. Orta Umumiy talim, odatda ona tili va adabiyotning tizimli kursi, chet tillari, Vatan va jahon tarixi, madaniyatshunoslik, algebra, geom., trigonometriya, fizika, kimyo, biol., chizmachilik, geogr., jismoniy tarbiya, informatika va boshqalarni oz ichiga oladi. Ayrim Umumiy talim maktablari bir yoki bir necha oquv fanlarining chuqurlashtirilgan holda oqitilishiga ixtisoslashgan boladi.

Ozbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinguniga qadar 1997 Umumiy talim boshlangich 1 - 4sinf, tayanch 5 - 9sinf va orta 10 - 11sinf bosqichdan iborat bolgan. Endilikda Ozbekistondagi Umumiy talim boshlangich 1 - 4sinflar, orta 5 - 9sinf va orta maxsus akademik litsey va kasbhunar kollejlari kabi bosqichlardan iborat bolib, mamlakatimiz yoshlarining barkamol shaxs bolib shakllanishini taminlashga yonaltirilgan.

Ozbekistonda qadim zamonlardayoq talim tizimi keng tarmoq yoygan bolishiga qaramay, umummilliy miqyosda Umumiy talim rasman 1930 yilning 15 sent.dan joriy etildi. Osha davrdagi hukumatning qaroriga kora, 1934 yildan boshlab Ozbekistonda umumiy boshlangich talim olish majburiy qilib qoyildi. Bu tartib nafaqat maktab yoshidagi bolalarga, balki boshlangich malumotga ega bolmagan katta yoshdagi kishilarga ham tatbiq qilindi. Shuning uchun ham mamlakatda savodsizlik va chalasavodlikni tugatishga yonaltirilgan vaqginchalik maktablar tizdmi paydo boldi. 1938 yilning iyulidan Ozbekistonda umumiy yetti yillik majburiy talim joriy etildi. Lekin Ikkinchi jahon urushi mamlakatda umumiy yetti yillik talimning toliq amalga oshishiga imkon bermadi. 1956 yildagina yetti yillik Umumiy talimga toliq erishildi. 1958 yildan Ozbekistonda Umumiy talim sakkiz yilga, 1975 yildan on yilga yetkazildi. 1990 yildan Ozbekistonda Umumiy talim muddati on bir yilni tashkil etdi.

Fan va texnikaning tinimsiz rivojlanib, axborotlarning haddan tashqari kopayib borishi va uni yetkazish texnologiyalarining tezkor taraqqiyoti Umumiy talim muddatini uzaytirishni taqozo etishi tabiiydir. Shuni nazarda tutilgani uchun ham Ozbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 1997 yilda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Unga kora, OzRda Umumiy talim tizimi uz ichiga akademik litsey va kasbhunar kollejlarini ham qamrab oldi. Shu tariqa, Orta Osiyo davlatlari orasida birinchi bolib Ozbekistonda Umumiy talim urta maxsus talim darajasiga kutarilib, muddati on ikki yilga yetkazildi.