ⓘ Urganch tumani - Ozbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da tashkil etilgan. 1962 y. 24 dek.da Shovot tumaniga qoshilgan, 1964 y. ..

Jumaniyozov, Kamol Komilovich

Jumaniyozov Kamol ― Ozbek siyosatchisi, filolog. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qomitasi azosi. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputati. Ozbekiston Ekologik partiyasining azosi.

                                     

ⓘ Urganch tumani

Urganch tumani - Ozbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da tashkil etilgan. 1962 y. 24 dek.da Shovot tumaniga qoshilgan, 1964 y. 31 dek.da qayta tashkil etilgan. Sharkdan Xonqa, garbdan Qoshkopir, Shovot va Yangibozor tumanlari, shim.dan Gurlan tumani va Qoraqalpogiston Respublikasi, jan.dan Xiva, Yantiariq tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0.46 ming km². Aholisi 141.1 ming kishi. Tumanda 1 shaharcha, 10 qishloq fuqarolar yigini bor. Tuman markazi - Qorovul qishlogi.

Tabiati. Tuman relyefi pasttekislikdan iborat, bal. 100 m. Tuprogi qumloq, bozallyuvial, Amudaryo oqiziqlaridan tarkib topgan. Daryo boyidagi toqay va qumliklarda jiyda, turangil, tol, saksovul, yulgun, yantoq, qamish, otquloq, olapota, oqbosh, shora, ajriq osadi. Toqay va changalzorlarda quyon, chiyabori, qumliklarda yumronqoziq, kaltakesak; qushlardan chumchuq, torgay, qarga, boyogli, kaptar, musicha va boshqa bor.

Iqlimi keskin kontinental. Yanv. oyining ortacha temperaturasi - 4°, - 5°, eng past tra - 25°. Iyul oyining ortacha temperaturasi 26°, 28°. Eng yuqori tra 44°. Yillik yogin 80–90 mm. Vegetatsiya davri 200 - 210 kun. Dehqonchilik sugoriladigan yerlarda amalga oshiriladi. Yer osti suvlari yuza, yerlarni teztez shor bosib turadi. Ekin maydonlari Amudaryo va tuman hududi orqali otkazilgan Gozovot, Shovot, Qulobod, Qirgizyop, Orisyop, Dorman va boshqa kanallaridan sugoriladi. Gozovot - Davdon, Yangibozor kollektorlari bor.

Aholisi, asosan, ozbeklar 92%, shuningdek, qozoq, rus, koreys, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining ortacha zichligi 1 km² ga 306.8 kishi. Shahar aholisi 5.6 ming kishi, qishloq aholisi 135.5 ming kishi 2004.

Xojaligi. Tumanda paxta tozalash zavodi, 12 kichik gisht zavodi, "Xorazm - Nurtop" ip gazlama korxonasi, sut va uzumni qayta ishlash sexlari, 5 qurilish tashkiloti, parrandachilik f-kasi mavjud.

Qishloq xojaligi, asosan, dehqonchilikka ixtisoslashgan. Tuman yer maydoni 26.8 ming ga ni tashkil etadi. Shundan 25.8 ming ga yer sugoriladi va haydaladi. 11 ming ga yerga paxta, 5.9 ming ga yerga galla, 3.3 ming ga yerga sholi, 835 ga yerga poliz va sabzavot ekinlari ekiladi. Qolgan maydonlarda makkajoxori, oq joxori va chorva uchun ozuqabop ekinlar yetishtiriladi. 1380 ga yer bog va tokzorlar bilan band. Boglarda orik, olma, anjir, nok, nashvati, shaftoli, uzum, anor, olxori va boshqa mevali daraxtlar ostiriladi.

Urganch tumanida 14 jamoa va shirkat xujaliklari, 831 fermer va dehqon xojaliklari mavjud. 3 xojalik fermer uyushmasiga aylantirilgan. Tumandagi jamoa va xususiy xojaliklarda 73.2 ming qoramol, 32.2 ming qoy va echki, 240.4 ming parranda boqiladi. Pilla ham yetishtiriladi. Tuman hududidan xalqaro avtomobil yoli va Toshkent - Shovot t.y. utgan uz. 40 km.

2003/04 oquv yilidagi 44 umumiy talim maktabida 30 mingga yaqin oquvchisi talim oldi. 3 kasbhunar kolleji, musiqa, sport maktablari, 1 markaziy va 39 tarmoq kutubxonasi, 2 stadion, 40 sport maydonchasi, kasalxona 305 orin, 12 qishloq vrachlik punkti, 4 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 3 poliklinika, "Jayxun" sanatoriysi ishlab turibdi.

1958 yildan "Urganch haqiqati" tuman gaz. chop etiladi adadi 1000.