ⓘ Urgut tumani - Ozbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926- yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Viloyatning janubiy sharqiy qismida joylashgan. Shi ..

                                     

ⓘ Urgut tumani

Urgut tumani - Ozbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926- yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Viloyatning janubiy sharqiy qismida joylashgan. Shimoliy sharqda Zarafshon daryosi orqali Bulungur tumani, shimolda Toyloq, shimoliy garbda va garbda Samarqand tumanlari, sharqda Tojikiston Respublikasi, janubda Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 1120.3 km². Aholisi 500.2 ming kishi. Tumanda bitta shahar, 12 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Urgut shahri.

                                     

1. Tabiati

Tuman hududi Zarafshon tog tizmalarining davomi bolgan Chaqilikalon va Qoratepa toglarining yon bagirlarida, ortacha 1000 m balandlikda joylashgan. Sharqiy, jan. va garbiy qismlari pastbaland tekislik bolib, bir kancha soyliklar bor. Tog yon bagirlari slanets va ohaktosh qoyalaridan iborat, dare vodiylari tor, chuqur, qirgoqlari tik. Adirlar govak va bosh chokindi jinslardan tashkil topgan. Adirlardagi soylarning vodiylari keng. Ohaktosh jinslaridan tuzilgan joylarda torlar Kiyev tri va boshqalar bor. Chaqilikalon va Krratepa toglari orasidagi Taxtaqoracha dovoni 1675 m orqali Katta Ozbekiston trakti otadi. Urgut kuchli seysmik xududlardan biri bolib, 7 balli zonaga kiradi. Omonqoton yaqinida va Chaqilikalonda marmar, ohaktosh, marganets, mis, volfram va boshqa foydali qazilmalar bor. Ikdimi keskin kontinental. Yanv.ning ortacha temperaturasi - 1.5°, eng past tra - 25°, iyulning ortacha temperaturasi 24.4°, eng yuqori tra 49°. Yillik yogin 459–500 mm. Yoginning kup qismi qishda 34% va bahorda 48% tushadi. Oqqorgon, Gijduvonsoy, Gussoy, Urgutsoy, Kamongaronsoy, Qoratepasoy, shuningdek, Dargom, Yangiariq, Yangi Urgut, Yangi Qozonariq va boshqa kanallar bor. Tuproklari, asosan, boz tuproq. Qum, shagal, qongir, kashtan tuproqlar ham uchraydi. Tabiiy osimliklardan qayragoch, tol, qaragay, tog zarangi, pista, archa, achchiq bodom, bodom, dolana, namatak, rovoch, tog piyozi, zira va boshqa osadi. Yovvoyi hayvonlardan bori, qobon, quyon, tulki, jayra, tipratikan, har xil ilonlar, echkemar; qushlardan kaklik, mayna, chumchuq, qarga, jiblajibon, olashaqshaq, bedana, kaptar, musicha, qaldirgoch, bulbul, qizilishton, sofitorgay, boyogli, sassiqpopishak, tog zogchasi, bolgatumshuq, qorayaloq, qargalar va boshqa bor.

                                     

2. Aholisi

Aholisi, asosan, ozbeklar, shuningdek, tojik, rus, ukrain, tatar, yahudiy, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aqolining ortacha zichligi 1 km² ga 300 kishi 2002.

                                     

3. Xojaligi

Xojaligining yetakchi tarmoqlarini qishloq xojaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish va mahalliy sanoat tarmoqlari tashkil etadi.

Tumandagi 800 dan ziyod korxonaning 52 tasi orta, 261 tasi kichik, 506 tasi mikrofirmalar. Marmarni qayta ishlash, gisht, shlakbeton plitalar i.ch., tamaki fermentatsiyasi, meva, gosht, sutni qayta ishlash, non pishirish, qandolatchilik, har xil yaxna ichimliklar i.ch. korxonalari bor. Avtomobil, muzlatkich, televizor va radioapparaturalarni tamirlash korxonalari ishlab turibdi. Urgut tumanida hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Hunarmandchilik bilan 3500 dan ziyod kishi shugullanadi.

Urgut tumanida Belgiya bilan hamkorlikdagi "UrgGazkarpet" qoshma korxonasi, Ozbekiston - Turkiya "UrgANTET YASHAM", "Urgut qoplon", "Urgut SaMNegin" gilam i.ch.ga ixtisoslashgan qoshma korxonalar faoliyat korsatadi. Marmar toshni qayta ishlaydigan "Urgut LADO marmar", qurilish buyumlari ishlab chiqaradigan "Samplastik", tamakini qayta ishlaydigan "UzBAT" qoshma korxonalari ishlab turibdi.

Tuman qishloq xojaligi tamaki, galla, sabzavot, kartoshka, meva, uzum hamda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan. Keyingi yillarda tuman uchun Pastdargom tumanida ajratilgan yerda paxta xam ekilmokda. Tumandagi asosiy texnika ekini - tamaki. Urgut tumani yer fondi 112 ming ga ni tashkil etadi. 9 ming ga yerga tamaki, 14.8 ming ga yerga don ekinlari, 1.2 ming ga yerga kartoshka, 145 ga yerga sabzavot va poliz ekinlari, 2907 ga yerga yemxashak ekinlari ekiladi. 1.4 ming ga yer bog va tokzor bilan band, 46.8 ming ga yer yaylov.

Tuman chorvachiligida qoramolchilik, parrandachilik, pillachilik yetakchi orinda. Yetishtiriladigan qishloq xojaligi mahsulotlarning asosiy qismi fermer va shirkat xojaliklari hissasiga togri keladi. Urgut tumani da 381 fermer, 23 shirkat xojaligi faoliyat korsatadi. Chorvachilikda qoramol, qoy va echki, parranda, yilqi boqiladi.



                                     

4. Maorifi

2019/2020 oquv yilida 153 ta umumiy talim maktabi 150 ming oquvchi, 2 maxsus soglomlashtirish internati 4.9 ming oquvchi faoliyat korsatadi. 70 kutubxona, madaniyat uylari, 21 sport maydoni ishlab turibdi. 8 kasalxona 830 orin, 36 qishloq davolash bolimi, 27 feldsherakusherlik punkti va boshqa tibbiy muassasalarda 488 vrach ishlamoqda. 14 dam olish maskani va yozgi oromgoxlarda viloyat va qoshni Navoiy viloyatidan kelgan bolalar dam oladilar.