ⓘ Ufq - ochiq joyda Yer yuzasining korinadigan chegara qismi yoki Yer yuzasining osmon sferasi bilan kesishadigan qismi. Korinma U. va matematik U. farqlanadi. Ku ..

                                     

ⓘ Ufq

Ufq - ochiq joyda Yer yuzasining korinadigan chegara qismi yoki Yer yuzasining osmon sferasi bilan kesishadigan qismi. Korinma U. va matematik U. farqlanadi. Kuzatuvchiga osmon sferasi Yer yuzasi bilan tutashib ketadigandek bolib korinuvchi egri chiziqni korinma U. deyiladi. U.ning korinma uzoqligi quyidagicha ifodalanadi: d~ 3.83VA, bu yerda d - masofa, km larda; h - kuzatuvchining Yer yuzasidan turgan balandligi, m larda ifodalanadi. Balandlik ortishi bilan U.ning korinma uzokligi, shuningdek, U.ning pasayishi ortib boradi. Mas, dengiz qirgogida turgan odam 5–6 km, 10 m balandlikda esa 12.1 km uzoqdagi buyumlarni korishi mumkin. Kuzatuvchi turgan nuqtada shovun chizigi osmon sferasini zenit va nadir nuqtalarida kesadi. Shovun chizigiga perpendikulyar bolgan tekislik bilan osmon sferasining kesishishidan hosil bolgan katta doyra matematik yoki haqiqiy U. deyiladi. Korinma U., odatda, matematik U.dan pastda yotadi. Shunga kura, korinma U. haqiqiy U.dan kichik boladi. Joyning meridiani haqiqiy U. bilan ikki nuktada: shim. nuqta N va jan. nuqta S da kesishadi. N va S lar ortasida shim.ga qarab turgan kuzatuvchining ong tomoni sharq Ye va chap tomoni garb Jboladi. U. osmon ekvatori bilan xuddi shu Ye va W nuqtalarda kesishadi. N, S, Ye va I^lar U.ning asosiy nuqtalari bolib, unga dunyo tomonlari ham deyiladi.