ⓘ Uchkoprik tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Bagdod tumani bilan qoshib yuborildi. 1964 yil 31 dek ..

                                     

ⓘ Uchkoprik tumani

Uchkoprik tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Bagdod tumani bilan qoshib yuborildi. 1964 yil 31 dekabrda qayta tuziddi. Sharqsan Bagdod, Buvayda, shim. va garbdan Dangara, Qoqon shahri, garb va janubi-garbdan Ozbekiston jan.sharkdan Rishton tumanlari bilan chegaradosh. 0.28 ming km². Aholisi 164 ming kishi. Tumanda 9 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Uchkoprik qishlogi. Aholisi, asosan, ozbeklar, shuningdek, qirgiz, qoraqalpoq, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining ortacha zichligi 1 km²ga 586 kishi.

                                     

1. Tabiati

Relyefi, asosan, tekislik. Jan. qismi Turkiston tizmasining shim. etaklaridagi adirlar, markaziy qismi qad.dan dehqonchilik qilib kelinayotgan tekisliklardan iborat. Shim. va shim.sharqiy qismi Markaziy Fargonaga tutashgan. Adirlar tuman hududida bir necha km masofaga chozilib boradi. Ular Sox daryosi yoyilmasining qad. konglomeratlaridan iborat. Iklimi kontinental. Qurama, Chatqol va Fargona tizma toglari shim.dan keLadigan sovuq shamollarni tosib turadi. Shu sababli bu yerda qish iliq. Ortacha yillik tra 13.5°. Iyulda 27 - 28°, eng yuqori tra 42°, yanvarda - 2.2, eng past tra - 23°. Vegetatsiya davri 235 - 240 kun. Ortacha yillik yogin 100 - N5 mm.

Ekin maydonlari Sux daryosidan suv oladigan - Kartan kanali va Katta Fargona kanalidan sugoriladi. Umumiy uz. 104 km bolgan 7 katta ariq - Kartan, Xon, Sobirjon, Kalamush, Gijdon, Oqqorgon, Qoqon ariqlari mavjud. 624 km uzunlikdagi 105 kollektor bor. Achchiqkol va Shim. Bagdod kollektorlari yer osti sizot suvlarini Sirdaryoga quyadi. Sizot va bulok, suvlaridan toyinadigan Yangiqadam arigi qoshimcha suv beradi. Sox gidrouzeli - muhim gidrotexnika inshooti ishlab turibdi. Bundan tashqari, tumandagi aholi punktlari va chorvachilik fermalari 130 ga yaqin artezian qudukdaridan suv oladi.

Adir va adir etaklariga yondashgan yerlarda sugoriladigan boz, och boz, markaziy qismida sugoriladigan otloqi, otloqi botqoq tuproqlar, shim. va shim.sharqiy qismida shorxok va qumoq tuproqlar tarqalgan. Adir va adir etagi tekisliklarida efemer va efemeroid osimliklar, yulgun, oqbosh, taroqbosh, bugdoyiq, qamish, qoga, shora, ajriq, kakra, qumli maydo nlar va qum tepalarida qandim, cherkez, qum qiyogi, yantoq kabi osimliklar osadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, bori, quyon, qizilkuyruq, qumsichqon, jayra, qoshoyoq, kalamush, oqilon, chipor ilon, kaltakesaklar; qarga, chumchuq, chugurchiq, sofitoragay, qashqaldoq, bedana va boshqa bor.

                                     

2. Iqtisodiyoti

Paxtachilik - tuman xojaligining yetakchi tarmogi. Tumanda 380 ta shirkat, fermer xojaliklari faoliyat korsatadi. Tuman sanoat korxonalari qishloq xojaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, asfaltbeton, meva va sabzavot konservalash, gisht zavodlari, avtokorxona, MTP, 4 qoshma, 350 kichik xususiy korxonalar, 4 yirik sanoat, shuningdek, qurilish korxonalari faoliyat korsatadi.

Qishloq xojaligida foydalaniladigan yerlarga paxta, beda, sholi, don, sabzavot va poliz, yemxashak ekinlari ekiladi. Bogdorchilik va tokchilik rivojlangan. Subtropik mevalar mas, anjir ham yetishtiriladi. Tuman jamoa va shaxeiy xojaliklarida qoramol, qoy va echki, parranda boqiladi. Tuman hududidan Andijon - Moskva, Bishkek - Jalolobod poyezdlari otadi. 53 ta umumiy talim maktabi, 2 kasbhunar kolleji, bolalar va osmirlar sport maktabi, musika maktablari, markaziy kutubxona va uning tarmoklari ishlab turibdi. Markaziy kasalxona, tugruqxona, 40 dan ortiq qishloq vrachlik punkt, 2 tez tibbiy yordam korsatish stansiyasi mavjud.