ⓘ Faktura - 1 iqtisodiyotda xaridor nomiga sotuvchi tomonidan beriladigan va sotilgan tovarning xili, miqdori va qiymati korsatilgan tovar hujjati; 2 tasviriy san ..

                                     

ⓘ Faktura

Faktura - 1) iqtisodiyotda xaridor nomiga sotuvchi tomonidan beriladigan va sotilgan tovarning xili, miqdori va qiymati korsatilgan tovar hujjati; 2) tasviriy sanatda badiiy asar sirti hamda uning ishlanish xususiyatlari. Rangtasvirda F. boyoq qatlamining xususiyatlarini: mas, "ochiq" F. yoki "yashirin" F.; haykaltaroshlik va amaliy bezak sanatida badiiy hunarmandchilik asari sirtining sayqallanganligi, gadirbudurligi va h.k.ni ifodalaydi. 20-asr sanatida F.ni murakkablashtirish boyicha tajribalar tarqaldi; 3) musiqada muayyan asarni tashkil qiluvchi bayon vositalari majmui.