ⓘ Faol harorat, foydali haporat - qishloq xojaligi ekinlarining rivojlanishiga qulay tasir korsatadigan havo harorati. Qishloq xojaligi ekinlari faol vegetatsiya ..

                                     

ⓘ Faol harorat

Faol harorat, foydali haporat - qishloq xojaligi ekinlarining rivojlanishiga qulay tasir korsatadigan havo harorati. Qishloq xojaligi ekinlari faol vegetatsiya davrining issiqlik bilan taminlanganligi korsatkichi hisoblanadi. Yer sharining turli hududlarida ekinlar rivojlanishi uchun yillik harorat resurslarining qulaylik darajasini baholashda vegetatsiya davridagi 10° dan yuqori bolgan Faol harorat yigindisi qollaniladi. Faol harorat yigindisi 10° dan yuqori bolgan barqaror ortacha sutkalik haroratlarni qoshish yoli bilan topiladi.

Faol harorat yetarli bolmagan hollarda ekin osmay yoki pishmay qoladi. Ekinlar turlari, navlari va duragaylarini mintaqalar boyicha joylashtirishda, ekinning issiklik bilan taminlanganlik darajasini hisoblashda Faol harorat korsatkichidan foydalaniladi yana q. Samarador harorat.