ⓘ Fara - transport vositasi hamda oziyurar mashinalarning yolni, ish bajarilayotgan joy va boshqalarni yoritish uchun moljallangan elektr asbobi. Asosiy qismlari ..

                                     

ⓘ Fara

Fara - transport vositasi hamda oziyurar mashinalarning yolni, ish bajarilayotgan joy va boshqalarni yoritish uchun moljallangan elektr asbobi. Asosiy qismlari - shtamplab yasalgan korpus va optik elementlar. Optik element yupqa alyuminiy qatlami surkalgan polat qaytargich, bir yoki ikki tolali choglanma lampadan iborat yoritish manbai va yoruglikni sochib beradigan gadirbudir shishadan iborat. Yoruglik qaytargich fokusida joylashgan quvvatliroq toladan tarqaladigan nur uzoqni yoritadi, kichikroq quvvatli ikkinchi tola fokusdan yuqoriroqda chap tomonda joylashgan bolib, yaqinni yoritish uchun moljallanadi. Yod lampali F.lar keng tarqalgan. Bunday lampalarning kolbasiga yod buglari bolgan siyraklashtirilgan gaz toldiriladi. Har bir transport vositasiga kamida bir juft F. ornatiladi. Ular mashinaning boylama oqiga nisbatan simmetrik tarzda joylashtiriladi. Bazi mashinalarda tumanga qarshi ikkita qoshimcha F. ham ornatilishi mumkin. Maxsus mashinalar ga buriladigan F.lar ham ornatiladi. Bazan F. mashina orqasiga ham ornatiladi.