ⓘ Farmakologiya - tibbiybiologik fan; odam va hayvonlar organizmiga dorilar yuborilgandan keyin ularda roy beradigan ozgarishlarni organadi. F. bir necha yonalish ..

                                     

ⓘ Farmakologiya

Farmakologiya - tibbiybiologik fan; odam va hayvonlar organizmiga dorilar yuborilgandan keyin ularda roy beradigan ozgarishlarni organadi. F. bir necha yonalishlarni oz ichiga oladi: farmakodinamika - doridarmonlarning organizmga tasirini, farmakokinetika - dorilar organizmga tushgandan to organizmdan chiqib ketguncha bolgan harakatini, biokimyoviy farmakologiya - dorilarning organizmdagi molekulyar tasir mexanizmini organadi. Doridarmonlarning tibbiyot amaliyotidagi tasirini organish esa klinik F.ning vazifasidir.

Umumiy va xususiy F. ajratiladi. Umumiy F. dorilarning organizmga tasir mexanizmini, shu tufayli kelib chikadigan umumiy ozgarishlarni, dori moddalarini organizmga yuborish, ularning sorilishi, taqsimlinishi, ozgarishi va organizmdan chiqish jarayonlarini, dori moddalarining xususiyatiga tasir etuvchi sharoitlarni, dori moddalarining tasir va davolash turlarini, ularni birga qollanganda roy beradigan jarayonlarni hamda ularning standartlash, tasniflash va qidirish kabi juda kup muammoli masalalarini organadi.

Xususiy F.ning vazifasi - asosiy tasir kuchiga kora sistemalashgan dori moddalar, yani ogriqsizlantiruvchi, siydik haydovchi va h.k. ni organish. Shuningdek, turli xil mikroorganizm va parazitlarga tasir etuvchi dorilar ham xususiy F.da qayd etiladi. Xususiy F. farmatsevtik kimyo, farmatsevtik texnologiya, farmakognoziya, biokimyoviy F., kimyoterapiya, toksikologiya va boshqa fanlar bilan uzviy bogliq. Shu tufayli tibbiyotning asosiy nazariy bilimlari F. orqali amaliy tibbiyotga tadbiq etiladi.

F. tarixi uzok, otmishga borib taqaladi, chunki inson yaratilgandan boshlab u tabiat qoynida yashab ozining turli xil noxush holatlari va kasalliklariga atrofidagi giyohlardan, hayvonot olamidan shifo, doridarmon izlagay. F. rivojlanishiga qad. arab, yunon va Osiyo mamlakatlari olimlari ham katta hissa qoshganlar. Xususan, Gippokrat, Dioskarid, Galen va boshqalarning dorivor giyohlar hamda ularning ishlatilishi haqidagi malumotlari 19-asrgacha F. sohasida asosiy qollanma bolib kelgan.

Yaqin Sharq va Orta Osiyoda Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning dorivor giyohlar va moddalar haqidagi asarlari F. taraqqiyotiga muhim turtki buldi. Ibn Sinoning "Tib qonunlari" asarida qayd etilgan 811 xil oddiy dorilarning 612 tasi dorivor osimliklar va ulardan foydalanish usullariga bagishlangan. Ushbu asar shu kungacha oz ahamiyatini saqlab kelmoqda.

19-asrga qadar F. asosan empirik tarzda rivojlangan. Shu davrga kelib eksperimental F. shakllandi. Bunda F. Majandi, Klod Bernar, R. Buxgeym, I. P. Pavlov, V. V. Zakusov, M. D. Mashkovskiy va boshqa jahon olimlarining ulkan hissalari bor.

Ozbekistonda F. 1920 yil Toshkentda Turkiston davlat universiteti tibbiyot fti qoshida F. kafedrasini tashkil etilishi tufayli rivojlandi. Keyinchalik respublikaning turli shaharlaridagi tibbiyot intlari qoshidagi F. kafedralarida, Ozbekiston FA ning i.t. institutlarida F. fani yanada rivojlantirildi. Ozbek farmakologlaridan, prof. I.K. Kamilov, M. B. Sultonov, O.B. Zokirov, Q.N. Najmiddinov, S. S. Azizova va boshqalarning izlanishlari natijasida dorivor osimliklar va kimyoviybiologik faol moddalardan 200 dan ortiq shifobaxsh moddalar ajratib olindi, ularning 30 dan ortigi klinik tekshiruvlardan otkazilib, tibbiyot amaliyotiga tadbiq etildi.

Ozbekiston mustaqillikka erishgandan song Respublika sogliqni saklash vazirligi qoshida Dorivor moddalar va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilish hamda standartlash boyicha Bosh boshqarma hamda ular tarkibida farmakologiya va farmakopeya qomitalarining tuzilishi munosabati bilan F. fani yanada ravnaq topdi. Qisqa muddat ichida 20 dan ortiq shifobaxsh osimliklar va 10 dan ortiq yangi biologik faol preparatlar tibbiyotda qollash uchun tavsiya etildi.

Veterinariya F. si ham jadal rivojlanmokda. U dorivor moddalarning turli hayvonlar organizmiga, ularning oziga xos kasalliklariga tasirini organadi, hayvonlarning osishini tezlatuvchi, mahsuldorligini oshiruvchi, boquvini boyituvchi va turli kasalliklarning oldini oladigan dorivor moddalarni izlaydi va veterinariya amaliyotiga kovilon, navbaxtid va boshqalar tatbiq etadi. Bu borada Samarqand veterinariya instituti va Toshkent agrar universitetining veterinariya bolimlarida ilmiy ishlar olib borilmoqda.

Ad.Maxsumov M. N., Malikov M. M., Farmakologiya, T., 1997; Azizova S. S., Farmakologiya, T., 2002.