ⓘ Fargona viloyat davlat rus drama teatri - Ozbekistondagi yirik teatrlardan biri. Dastlab, yosh tomoshabinlar teatri sifatida tashkil qilinib, 1938 yil drama tea ..

                                     

ⓘ Fargona viloyat davlat rus drama teatri

Fargona viloyat davlat rus drama teatri - Ozbekistondagi yirik teatrlardan biri. Dastlab, yosh tomoshabinlar teatri sifatida tashkil qilinib, 1938 yil drama teatriga aylantirilgan. "Chapayev", "Ikki boyga bir malay", "Revizor" singari dastlabki spektakllarning sahnalashtirilishida teatrning birinchi badiiy rahbari va rej.i G.D. Abdulov ning xizmati katta. V. Shchukareva, T. Shlyapnikova, F. Gorniy, S. Maltsev, A. Cherkasov, N. Ribakov va boshqa teatrning dastlabki aktyorlari, bosh rassomi A. N. Uzlov teatr shakllanishi, uning keyingi ravnaqi, mustahkam mavqega ega bolishiga munosib hissa qoshdilar.

Ikkinchi jahon urushi davrida teatr truppasi Qoqon shahriga kochiriladi. 1956 yil rus teatri yana oz binosiga qaytadi. Teatr repertuarini koproq mumtoz va ozbek yozuvchilari asarlari asosida yaratilgan spektakllarga karatadi. "Bir stakan suv" O.E. Skrib, "Sona" E. Voynich, "Palata" S. Alyoshin, "Farhod va Shirin" Xurshid, "Irkutsk vokeasi" A. Arbuzov, "Maysaraning ishi" Hamza, "Hayot qoshigi" Uygun, "Yurak sirlari" B. Rahmonov, "Tohir va Zuhra" S. Abdulla, "Shohsanam" xalq dostoni va boshqa shular jumlasidan.

Teatr spektakl yaratishda epikqahramonlik, maishiypsixologik drama, komediyalar, otkir satirik, lirik pyesalarga alohida etibor bergan. "Sershovqin joy", "Puchina", "Quturgan pullar" A. Ostrovskiy, "Zulmat hukmronligi" L. Tolstoy, "Jalalar oraligida" A. Shteyn, "Biz keldik" V. Yernev, "Qishloq komediyasi" M. Varfolomeyev, "Retro" A. Galin, "Riyokor tutqunligi" M. Bulgakov kabilar bunga misoldir.

Mustakillikdan keyin teatr hayoti qayta ozgarishlarga boy boldi. Teatr qoshida aktyorlik studiyasi ochildi. Teatr jamoasi yangi aktyorlar bilan toldirildi. Yosh aktyorlar mahoratini oshirish maqsadida chetdan respublikaning tanikli rej.lari taklif etildi. Teatr ijodkorlari ijod qilish va tomoshabinlarga xizmat korsatishning yangi shakllarini izlamoqda, sahnaga zamonning dolzarb muammolarini olib chiqishi bilan bir qatorda mumtoz, tarixiy asarlarga ham keng orin berilmokda. "Girashiradagi oyin" V. Bagramov, "Hushiga kelmay gurib" K. Novak, "Shaytonlik" N. Gogol, "Sorochinsk yarmarkasi" asari asosida, "AlManzori uzuklari" sharq ertaklaridan, "Amakimning tushi" F. Dostoyevskiy, "Kodjin govgalari" K. Goldoni, "Fargona farzandi" Y. Sulaymon, alFargoniy hayoti haqida va boshqa songgi yillar mahsulidir. K. Novak, H. Saidov, L. Safkova, O. Shokirova, O. Bugayev, L. Akromov va boshqa teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrning badiiy rahbari - Husan Saidov, bosh rassom - N. Kamenskiy.