ⓘ Fargona politexnika instituti - xalq xojaligi uchun malakali muhandislar, iqtisodchilar tayyorlaydigan oliy oquv yurti. Toshkent politexnika instituti umumtexni ..

                                     

ⓘ Fargona politexnika instituti

Fargona politexnika instituti - xalq xojaligi uchun malakali muhandislar, iqtisodchilar tayyorlaydigan oliy oquv yurti. Toshkent politexnika instituti umumtexnika fakulteti negizida 1967 yilda tashkil qilingan. Institutda 6 ta ft: qurilish, mexanika, energetika va axborot texnologiyalari, muhandislikiqtisod, kimyotexnologiya va sirtqi bolim hamda asbobsozlik markazi bor. Unda 33 ta kafedra, 15 ta ilmiy tadqiqotlar laboratoriyaoratoriyasi faoliyat korsatadi. Institut qoshida instituternatlitseyi, "Yormozor" akademik litseyi, Iktisodiy mintaqaviy markazi, tayyorlov kurslari mavjud. Institutda 20 yonalish boyicha bakalavrlar, 12 yonalish boyicha magistrlar tayyorlanadi. Kutubxonasida 200 mingdan ortiq asar saqlanadi. 2002/03 oquv yili institutda 5000 ga yaqin talaba oqidi, 394 oqituvchi, shu jumladan, 24 fan doktori va professor ishladi. Institut tashkil qilinganidan beri 30 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlangan. Institutda 4 yonalish boyicha ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. Institutda yaratilgan fan va texnika yangiliklari Fargona neftni qayta ishlash zavodi, "Azot" ishlab chiqarish birlashmasi, "Quvasoysement" AJ, "Kvars" AJ va boshqa korxonalarda tatbiq etilgan. Institut qoshida madaniyat saroyi, talabalar uyi, profilaktoriy, dam olish maskanlari, sport inshootlari bor. Institut Rossiya, Ukraina, Qozogiston, Qirgiziston, Turkmaniston oliy oquv yurtlari, AQSH, Angliya, Germaniya, Belgiya, Koreya, Hindiston oquv yurtlari va ilmiy markazlari, kopgina xalqaro jamgarmalar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Institut faoliyati M.A. Ikromov, N.Yuldoshev, A.Mirzayev, N.M.Oripov, R.J.Tojiyev, I.Toxtarov, K.I.Kurpayanidi va boshqa olimlar nomi bilan bogliq.