ⓘ Fargona teatri, Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Fargona viloyat musiqali drama va komediya teatri - Ozbekistonning kohna teatrlaridan biri. 1930 yilda tashk ..

                                     

ⓘ Fargona teatri

Fargona teatri, Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Fargona viloyat musiqali drama va komediya teatri - Ozbekistonning kohna teatrlaridan biri. 1930 yilda tashkil bolgan. Tashkilotchilari Mamadali Haydarov, Soli Ahmedov. 1933 yil Margilon teatr truppasi ham Fargona teatriga birlashtirildi. Muxammad Tojizoda bosh rej. etib tayinlandi. B. Polatov, M.Olimova, M. Qoriyeva, S.Qosimov, L.Sarimsoqova, S.Saidova, A.Rahmonov, Ya.Mamatxonov kabilar teatrning dastlabki ijodkorlaridir. M. Tojizoda "Ichkarida" musiqali dramasini sahnalashtirdi. Ona rolini ijro etgan L.Sarimsokrvaning ijro mahorati qimmatli tajriba maktabi boldi. Ketmaket sahnalashtirilgan "Halima", "Arshin mol olon", "Yondiramiz", "Nomus va muhabbat", "Gulsara", "Rustam", "Platon Krechet" kabi spektakllar bilan teatr oz mavkeini mustahkamladi. Teatr repertuari rangbarang mavzularga alohida etibor berdi. "Ikki boyga bir malay", "Malikai Turandot", "Uylanish", "Nomus" kabi tarjima asarlar sahnaga qoyildi. Pekin tomoshabin ruhiyatidan bir qadar uzoq va sahnalashtirishda koringan tajribasizlik tufayli teatr faoliyatini ular emas, balki xalqqa yaqin "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" kabi musikali dramalar belgiladi. Ilk bor Fargona teatrida sahnalashtirilgan "Tohir va Zuxra" spektakli musiqali drama rivojida muhim ahamiyatga ega boldi. Teatrning birinchi 10 yilligida M. Haydarov asosiy ijodiy siymo bolib, uning ustozligida S.Ahmedov, S.Qosimov, A.Rahmonovlar rej. sifatida yetildilar. S.Saidova, Ya.Mamatxonov, F.Xojayeva, Yu.Oripov, A.Yunatonov kabi istedodli aktyorlar va G. Toshmatov, Z.Haydarov, G.Hotamov kabi sozanda va bastakorlar tarbiya topdilar. Urush yillari T: Shevchenko nomidagi Ukraina va Moskva Lenin komsomoli teatrlari bilan bir binoda ijod qildilar. "Nodira", "Besh somlik kelin" kabi musiqali asarlar hamkorlik namunasi boldi. "Qurbon Umarov", "Davron ota" kabi asarlar ham shu yillar mahsuli.

Urushdan keyingi yillarda yuqori va shirali ovozga ega bolgan aktyorlarning yetishuvi xalqqa yaqin musiqali dramalarni tubdan qayta talqin etish imkonini berdi: "Layli va Majnun", "Gulsara", "Nurxon", "Tohir va Zuhra" va boshqa Otmish va shaxslarga qiziqish natijasi olaroq "Alisher Navoiy", "Muqimiy" spektakllari yuzaga keldi. Yangi yaratilgan musiqali dramalar orasida "Alpomish", "Ravshan va Zulxumor", "Qumrining murodi" teatrga katta muvaffaqiyat keltirdi. Zamonaviy mavzuda "Shohi sozana", "Ogriq tishlar", "Yurak sirlari", jahon mumtoz asarlaridan "Aybsiz aybdorlar", "Makr va muhabbat" sahnalashtirildi. 60- yillar teatr repertuari "Togajiyanlar", "Toshbolta oshiq", "Meli xobbonu Nabi tovon", "Tobutdan tovush", "Oy tutilgan tunda" kabi spektakllar bilan boyidi. 1966 yil ilk bor Fargona teatrida kuyilgan "Gul va Navroz" S. Abdulla, M. Muxamedov; T. Jalilov spektaklidan boshlab musiqali drama yonalishida keskin kotarilish boshlandi. Bu yillar X. Qozoqova, F. Baratova, J. Oxunov, T. Qrdirov, K. Ahmedova, X. Hojinabiyeva, Q.Hotamova kabi aktyorlar, bosh dirijyor D. Jalilov, sozandalardan M. Murtazoyev, M. Giyosov, Y. Ergashev kabi va istedodli rassom 3. Goyibovlar yetakchilik qildilar.

1970 yil teatrga bosh rej. bolib kelgan N. Otaboyev diqqatini ijtimoiy kolami keng asarlarga qaratdi: "Parvoz" Uygun, "Revizor" N. Gogol, "Qandala" V. Mayakovskiy, "Otgan kunlar" A. Qodiriy, "Muxtor vakil" N. Yusufiy va boshqa shular jumlasidan. "Toylar muborak" O. Hoshimov, "Toydan keyin tomosha" Shukrullo, "Oq buloq parizodi" M. Mirzayeva, "Hokimi mutlaq" M. Karim singari spektakllarni 3. Madaliyev sahnalashtirdi.

80- yillardan avj ola boshlagan milliy uygonish, ozlikni anglash Fargona teatrida ham oz aksini topdi. Teatrga rej. bolib kelgan O. Salimoye Ch. Aytmatov asari asosida "Sohil boylab chopayotgan olapar" nomli ilk spektaklidayok, uning ijtimoiy muammolarni keskin ifoda etishlik xususiyati namoyon boldi. Ifoda shaklining oddiyligi va mano kolamining kengligi shu rej. sahnalashtirgan "Temir xotin" Sh. Boshbekov spetaklida namoyon boldi. Mazkur spektakl Orta Osiyo va Qozogiston teatr festivalida oliy mukofotga sazovor boldi va shu spektaklda Qochqor rolini ijro etgan M. Yusupov "eng yaxshi erkak roli" mukofoti bilan tak,dirlandi. Rej.ning "Jafoga vafo" Alp Jamol, "Qogoz qayiqchalar" I. Tursunov, "Qongirokli yolgonchi" A. Obidjon spektakllari teatr mavkeini baland kutarilishida asosiy omillardan boldi. Ajoyibgaroyib sarguzasht, samimiy yumor, oddiylik, soz bilan harakat, musiqiy va plastik vositalarning ozaro qovushimligi "Toshkentga sayohat" Hamza asari asosida B. Omonov tabdili spektaklining keng dovrug taratishiga sabab boldi.

Istiklol davri ijod erkinligi tufayli dunyoga kelgan qator original spektakllarda Fargona teatrining hayotiy voqelikka yondashuvi oziga xos tarzda namoyon boldi. Otmish tarixi bilan faxrlanish tuygusi sahna temurnomasiga hissa bolib qoshilgan "Amir Temur va Toxtamishxon" T. Mirzo, AlFargoniyga qaratilgan "Osmonga sigmagan muxabbat" Y. Sulaymon, "Parijga sayohat" Molyer pyesasi, Sh.Boshbekov tabdili, "Kampir topaymi, dadajon" A. Xursandov, "Baxt ogrisi" I.Tursunov, "Tikansiz tipratikonlar" Sh. Boshbekov, "Tuzoq" R. Tom va boshqa teatrning songgi yillardagi eng yaxshi spektakllaridir. S. Ahmedov, Yo. Hotamova, X. Ikromov, S. Hakimov, I. Sultonov, M. Shomurodova, R. Xolbekov, Q. Xudoynazarov, A. Ishoqov, rej. M. Gulomov, dirijyor A. Umarov va boshqa teatrning yetakchi ijodkorlaridir. Bosh rej. - Muhammadsoli Yusupov 2004. Sotimboy Tursunboyev.