ⓘ Fargona tumani - Ozbekiston Respublikasining Fargona viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil qilingan. 1962 yil 24 dekabrda Quva tumaniga qoshib yubor ..

                                     

ⓘ Fargona tumani

Fargona tumani - Ozbekiston Respublikasining Fargona viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil qilingan. 1962 yil 24 dekabrda Quva tumaniga qoshib yuborilgan. 1964 yil 22 fevralda qayta tuzilgan. Shim.dan Margilon va Fargona shaharlari, sharqdan Quva tumani va Quvasoy shahri, jan.sharq va jan.dan Qirgiziston Respublikasi, shim.garbdan. Oltiariq tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0.62 ming km². Aholisi 168.5 ming kishi. Tumanda 2 ta shaharcha, 13 fuqarolar yigini bor. Tuman markazi – Vodil shaxarchasi.

                                     

1. Tabiati

Tuman hududi viloyatning jan. qismida, PomirOlay toglari etaklarida joylashgan. Relyefi jan.da qiradirlar bilan band. Toglardan Oltiariqsoy, Fayzobodsoy, Chimyonsoy oqib tushadi. Shim., asosan, tekislikdan iborat. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, ohaktosh, marmar bor. Mineral buloq kop. Iklimi kontinental. Yanvarning ortacha temperaturasi –2.7°, eng past temperatura –27°. Iyulning ortacha temperaturasi 26.4°, eng yuqori temperatura 42°. Yillik yogin miqdori 174 mm. Vegetatsiya davri 240 kun.

Tuproqlari, asosan, otloqi boz tuproq. Yovvoyi osimliklardan shuvoq, yantoq, qovul, yalpiz, changal, lolaqizgaldoq, bangidevona, ajriq, ituzum, itqonoq, burgan, boztikan, otquloq, ayiqtovon, qozga, qamish, dolana, shora va boshqa usadi. Yovvoyi hayvonlardan bori, chiyabori, tulki, sugur, quyon, jayran, qobon, jayra, yumronqoziq, kalamush, har xil ilonlar, echkemar, sichqon; qushlardan kaklik, bedana, bulbul, ordak, goz, kaptar, laylak, musicha, chumchuq, qaldirgoch, mayna, zagizgon, olaqarga, sor, qirgiy, qizilishton, torgay, zargaldoq, qarqunoq, boyogli va boshqa qushlar bor.

Aholisi, asosan, ozbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, qirgiz va boshqa millat vakillari xam yashaydi. Aholining ortacha zichligi 1 km² ga 271.8 kishi. Shahar aholisi 3.4 ming kishi, qishloq aholisi 165.1 ming kishi 2004.

                                     

2. Iqtisodiyoti

Tumanda sanoat korxonalari, shu jumladan, tamirlashmexanika zavodi Chimyon, MTP, maishiy xizmat korsatish korxonalari, 394 kichik, 2 qoshma korxona, pillani qayta ishlash zavodi va boshqa bor. Qishloq xojaligi paxtachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogdorchilik ayniqsa, malinasi mashhur, chorvachilik va pillachilikka ixtisoslashgan. Shirkat xojaliklari, 293 fermer xojaligi mavjud. Tuman xojaliklarida paxta, kartoshka, sabzavot, don, ozuqa ekinlari ekiladi. Tumandagi shaxsiy va jamoa xojaliklarida qoramol, qoy va echki, parranda boqiladi.

61 umumiy talim, musiqa maktablari, litsey, 4 kasbhunar kolleji, markaziy kutubxona va uning tarmoqlari, madaniyat uyi, 11 klub muassasasi, 2 muzey ishlab turibdi. Markaziy stadion, sport zallari, futbol maydonlari bor. Markaziy kasalxona, poliklinika, tugruqxona, qishloq vrachlik punktlari, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar faoliyat korsatadi. "Chimyon", "Zilol", "Nurafshon" va boshqa sanatoriylar ishlab turibdi. Fargona–Shohimardon, Vodil–Oltiariq avtomobil yollari otgan. 1932 yildan "Shonli mehnat" tuman gazeta nashr etiladi.